Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

Xovos tumanidagi 2-sonli politexnikumda ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Xovos tumani hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi  hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada 32 ta ish beruvchi korxona va tashkilot 240 dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasi davomida 150 nafarga yaqin fuqaro o‘zlariga mos bo‘lgan ish o‘rinlari bilan tanishdi. 40 nafar fuqaro bilan ish beruvchilar o‘rtasida mehnat shartnomalari imzolandi. Bundan tashqari, 20 nafar fuqaroga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga tayyorlash uchun yo‘llanmalar berildi.

 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish