
Azal-azaldan xalqimiz hasharni mehr-oqibat, ishonch hamda do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi vosita sifatida eʼzozlab keladi. Sirdaryoda "Mahalla obod –yurt obod" shiori ostida o‘tkazilgan xayriya hasharida bobolarimiz va momolarimizdan bizgacha yetib kelgan o‘ziga xos qadriyat yana bir bor namoyon bo‘ldi.
O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi 239 ta mahallada tashkil etilgan xayriya hasharida esa 32 ming 634 nafar aholi ishtirok etdi.
Ular tomonidan viloyatdagi 61 ta qabriston obodonlashtirildi, 723 ta ko‘chada"Obod ko‘cha" mezoni bo‘yicha ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
1 ming 967 ta ko‘p qavatli uy-joyning atrofi hamda 54 ta bolalar maydonchasi obodonlashtirilib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj 812 nafariga tegishli tomorqa yerlari chopilib, tartibga keltirildi.
– O‘tkazilgan xayriya hashari davomida hasharchilar tomonidan 339,7 gektar yer maydoni obodonlashtirilgan bo‘lsa, 431 tonna har xil turdagi chiqindilar chiqarib tashlandi, 97,4 km ariq va zovurlar tozalanib, 24 ming 623 ta daraxt oqlanib, shakl berildi, – deydi uyushmaning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Uyg‘un Hotamov.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi