Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
«Yangi Sirdaryo» – gender tenglikni targ‘ib qilishda eng yaxshi nashr

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashabbusi bilan har yili anʼanaviy tarzda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda.

Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, sohada amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalarni aniqlash va ommalashtirish hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.

Poytaxtda milliy tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Tanlovda ishtirok etish uchun 934 ta tashkilot va muassasa tomonidan hujjatlar taqdim etilgan. Ular tanlov komissiyasi tomonidan tanlov nizomi talablari asosida baholanib, 10 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Nominatsiyalar bo‘yicha OAV vakillari ham taqdirlandi. Jumladan, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur”, “Oyina.uz” maʼnaviy-maʼrifiy portali “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal”, Sirdaryo viloyati hokimligi muassisligidagi «Yangi Sirdaryo» gazetasi «Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr» nominatsiyalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– Respublika miqyosidagi tanlovdv “Gender tenglikni targ‘ib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr” nominatsiyasida g‘olib bo‘lish bizga mamnunlik bag‘ishlaydi, – deydi “Yangi Sirdaryo” gazetasi bosh muharriri Bahrom Boymurodov. – Bu “Yangi Sirdaryo” gazetasi tahririyati jamoasining xotin-qizlar masalasiga eʼtibor bilan yondashganligini ko‘rsatadi. Kelgusi faoliyatimiz davomida ham ushbu masala hamisha diqqat markazimizda bo‘ladi. 

 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish