
Mamlakat elchixonasi ko‘magida viloyat hokimining investitsiya va tashqi savdo bo‘yicha o‘rinbosari Bobur Xo‘jamov va Kuvaytning AAH Commercial Company kompaniyasi rahbari Ali al-Harbiy o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Kuvayt vakili Sirdaryo viloyati, xususan Boyovut tumanining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport salohiyati bilan tanishtirildi.
Ali al-Harbiy Boyovut tumanida 10 gektar yer maydonda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etish loyihasiga 5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
Loyihaning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash doirasida halol tovuq mahsulotlarini O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlariga eksportni amalga oshirishdan iborat.
O‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida AAH Commercial Company kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi