Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Bemor bolajonlar uchun "Ko‘chma archa" 

Yurtimiz bo‘ylab yangi yil shodiyonalari keng tantana qilinmoqda. Ushbu shodiyonalar, ayniqsa, bolajonlarga o‘zgacha zavqu shavq bag‘ishlamoqda. Yangi yil bolajonlar uchun o‘zgacha kayfiyat ulashib, ularga beg‘ubor orzu-umidlar, yangi marralar zavqini olib keladi.

Bayram arafasida respublikamiz bo‘ylab turli tadbirlar ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, O‘zbekiston “Adolat” SDP tomonidan bemor bolajonlarga quvonch ulashish maqsadida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. 

Partiyaning Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo viloyat filialida davolanayotgan bemor bolalar va ularning ota-onalari uchun "Ezgu maqsadlar yo‘lida birlashamiz!" loyihasi doirasida "Ko‘chma archa" bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida shifoxonada davolanayotgan bemor bolajonlarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Ushbu loyiha doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Qoraqalpog‘iston filialida davolanayotgan bemor bolalar va ularning ota-onalari uchun o‘tkazilgan tadbir ham davolanayotgan bolajonlarning ko‘nglini quvonchga to‘ldirdi. “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan bolajonlarga bayram sovg‘alari ulashildi. 

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish