Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Hamkorlikda jarrohlik amaliyoti va seminar
Respublika ixtisoslashgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyati filiali xirurglari hamkorlikda yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi.

1967-yilda Guliston tumanida tug‘ilgan, ammo ehtiyotsizlik sabab yiqilishi natijasida chap son suyagi bo‘yinidan yopiq sinib, siljishi tashxisi bilan kelgan bemorda chanoq son bo‘g‘imida total endoprotezlash, 1998-yilda Mirzaobod tumanida tug‘ilgan, sport jarohati sabab, yurolmay qolgan bemorda yuqori texnologik artroskopiya, qolgan 3 nafar fuqaroda ham yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, bemorlarning sog‘liq bilan bog‘liq muammolari bartaraf etildi. 

Ikki ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari malakali mutaxassislari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya-ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor Murodjon Irismetov boshchiligida viloyatning Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida bo‘lib, travmatologik-ortopedik bemorlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etib, 100 dan oshiq bemorning salomatlik ko‘rsatkichini o‘rganib, o‘rganishlar natijasiga qarab, tayanch harakat tizimi bilan bog‘liq bemorlarga yordam ko‘rsatdi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyati filialida esa, ikki muassasa mutaxassislari ishtirokida seminar-trening ham o‘tkazilib, unda "Travmatologiya va ortopediya yo‘nalishida zamonaviy davolash usullari" muhokama etilib, shu yerning o‘zida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

– Sirdaryoda travmatolog-ortopedlar uchun o‘tkazilgan seminar-trening davomida travmatologiya va ortopediya yo‘nalishiga kirib kelgan yangicha davolash protokollari, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari, uni qo‘llash usullari to‘g‘risida so‘z bordi. O‘ylaymanku, bu ikki tibbiyot muassasasining xirurg, travmatolog-ortopedlari uchun yana-da foydali bo‘ldi. Eng asosiyi, sohaga oid yangiliklardan xabardor bo‘ldik. Bu esa, kelgusida travmatologiya-ortopediya yo‘nalishdagi davolash ishlarni Sirdaryoda yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi, – deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyat filiali travmatolog-ortopedi Bobur Tojiboyev.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish