
Sarhisob
Yo‘llar insonlarni bir manzildan ikkinchi manzilga eltuvchi vosita bo‘libgina qolmay, iqtisodiyotimizning qon tomiri hisoblanadi. Bunda zamonaviy yo‘l, yo‘lo‘tkazgich, ko‘prik, piyodalar uchun yer osti va yer usti yo‘llarining o‘rni nihoyatda katta.
Davlatimiz rahbarining eʼtibori tufayli so‘nggi yillarda mavjud yo‘llarni taʼmirlash, yo‘lovchi va haydovchilarga munosib shart-sharoit va qulayliklar yaratish maqsadida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi yo‘l va yo‘lo‘tkazgichlar, yo‘l chetida esa yo‘lovchi va haydovchilar uchun qulayliklar bo‘lsin deb infrastruktura obyektlari bunyod etildi. Uzoq yillardan buyon, aholini qiynab kelayotgan, yozning chillasida tuprog‘u chang, yog‘ingarchilik kunlarida loy-balchiqqa aylanadigan ko‘plab yo‘llarimiz taʼmirlangan bo‘lsa, qolgan qismini ham taʼmirlash maqsadida yo‘l xaritalari tuzilib, dastur ishlab chiqilib, u asosda ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu boradagi ishlarni tashkil etish, yo‘l infrastukturasining yaxshilanishida esa, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmalari tizimida ishlayotgan muhandislar hamda mutaxassis yo‘lsozlarning xizmati katta.
– Poyoniga yetayotgan yil sirdaryolik yo‘lsozlar uchun anchayin muvafaqiyatli keldi. Tasdiqlangan dasturlarga asosan joriy yilning yanvar-dekabr oylari davomida jami 357,3 mlrd so‘m (yillik rejaga nisbatan 100 foiz) mablag‘ o‘zlashtirilib, 451,3 km (yillik rejaga nisbatan 100 foiz) avtomobil yo‘llarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari bajarildi. Shundan, 13 km avtomobil yo‘llarida Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 90,5 mlrd so‘m miqdorida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.
Eng quvonchlisi, yo‘lovchilar va haydovchilarga turli noqulayliklar keltirayotgan M-34 “Toshkent – Dushanbe” avtomobil yo‘lining 139-152 km qismini rekonstruksiya qilish bo‘yicha (13 km) qismida ishlar yakunlandi. Viloyatdagi mavjud sanoat zonalarini yo‘l infratuzilmasi bilan taʼminlash bo‘yicha 12,7 mlrd so‘mlik, “Yangi O‘zbekiston” massivlarini yo‘l infratuzilmasi bilan taʼminlash bo‘yicha 1,4 mlrd so‘mlik qurish-taʼmirlash ishlari bajarildi. Bu ishlarni tashkil etishda tizim korxonalarining moddiy-texnik bazasi muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda 18,1 mlrd so‘m hisobiga 38 dona yo‘l texnikasi va jihozlari xarid qilindi. Bu esa, yutuqlarimizning bosh omili bo‘ldi,– deydi Sirdaryo viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Zafar Umarqulov.
Bundan tashqari, Sirdaryo viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini texnik soz holatda saqlash maqsadida 126,7 mlrd so‘mlik yo‘l ishlari bajarilib, 325 km avtomobil yo‘llari, Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 14,2 mlrd so‘m hisobiga 20,3 km avtomobil yo‘llari taʼmirlandi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida joylashgan 25 ta ko‘prikda 65,6 mlrd so‘mlik qurish-taʼmirlash ishlari bajarildi. Jumladan, M34 “Toshkent–Dushanbe” yo‘lining 82,46 km qismidagi 147 pm; 4K-643 “Sirdaryo – Baxt” yo‘lining 8,3 km va 9,2 km qismlaridagi ko‘priklar hamda 4R35 “Jizzax sh.(4R38 avtoyo‘li) –Paxtakor sh. –Do‘stlik sh. –Gagarin sh. –M39 avtoyo‘li (918 km)" avtomobil yo‘lining 90,15 km, 91,25 km, 92,25 km qismlaridagi ko‘priklarni rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Yo‘l bilan bog‘liq muammolar yo‘q ham emas. Bu boradagi muammolarning oldini olish, umumfoydalanuvdagi yo‘llarni yo‘lovchi, haydovchilar uchun qulay holga keltirish kabi maqsad va vazifalar belgilangan. Kelayotgan 2025-yil o‘tayotgan 2024-yilga qaraganda yana-da yaxshi keladi. Qolaversa, yo‘llarimiz keng va ravon bo‘ladi. Bu esa, yo‘lovchilarning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilish, ortiqcha vaqt yo‘qotishining oldini olish barobarida, yo‘l harakati bilan bog‘liq noxush hodisalar kamayishiga xizmat qiladi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi