
Bu esa ishsiz, kam daromadli kishilar hayotida yorqin iz qoldirdi. Ana shu tufayli tomorqachilik sohasiga eʼtibor qaratib, unga foydali ekin turlarini ekkan, chorvachilik, asalarichilik, parrandachilik, quyonchilik yo‘nalishida ish boshlagan, issiqxona xo‘jaligini tashkil etgan, hunarmandchilik, tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, juda ko‘p bo‘lmasa-da, daromad topib, farovonchilikka erishganlar ko‘p bo‘ldi.
Bu borada Guliston shahrida ham xizmatlar va boshqa sohalar bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida 10602 ta ish o‘rni yaratilib, ishsiz va kasb-hunari bo‘lmagan, kam daromadli aholi vakillarining bandligi taʼminlandi.
2995 nafar ana shunday aholi vakillari doimiy ish o‘rinlari bilan, 2775 nafari "Mahalla yettiligi" tomonidan, 2010 nafar aholi norasmiy ish o‘rinlarini legallashtirish orqali, 522 nafari yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati yo‘li orqali, 76 nafarining dehqon xo‘jaliklari orqali bandligi taʼminlangan bo‘lsa, 4999 nafar aholi o‘zini-o‘zi band qildi.
– «Sayxunobod tajribasi» asosida aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesga ko‘maklashish dasturlari bo‘yicha banklar tomonidan 2613 nafar fuqaroga 97,1 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi,–deydi Guliston shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Azizbek G‘oyibnazarov. – Muhimi, bu boradagi ishlar izchillik bilan davom etyapti. Maqsad esa ishsiz va kam daromadli aholi bandligini taʼminlab, ularga munosib shart-sharoit yaratish. – Natijada oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 847 nafar fuqaroga 21,2 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilib, 583 ta, «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida bank orqali 196 nafar fuqaroga 52,1 mlrd so‘mlik mablag‘lar ajratilib, 366 ta, «Biznesga birinchi qadam» dasturi orqali 1523 nafar fuqaroga 22,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, 835 nafar ish o‘rni yaratildi. Muhimi, bu boradagi ishlar izchillik bilan davom etyapti. Maqsad esa ishsiz va kam daromadli aholi bandligini taʼminlab, ularga munosib shart-sharoit yaratishdir.
Buning uchun Guliston shahrida ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Mehnat stajiga ega bo‘lmagan, biron- bir kasb-hunar turini egallamagan, xoh u erkak bo‘lsin, xoh xotin-qiz, ular bandligini taʼminlash maqsadida dastur ishlab chiqilib, u asosda ish olib borilyapti. Tikuvchilik, pazandachilik, novvoychilik, gulchilik, sartaroshlik kabi foydali kasb- hunar turlarini yo‘lga qo‘ymoqchi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarga esa Sayxunobod, Uychi tajribalari asosida yordam ko‘rsatilmoqda. Bu esa ishsiz, kam daromadli aholi soni qisqarishi, ular daromadini oshirishda qo‘l kelmoqda.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi