Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Prezident sovg‘alari hududlarga yetkazilmoqda

O‘zbekistonda yosh avlodga bo‘lgan g‘amxo‘rligi va eʼtiborining yorqin ifodasi bo‘lgan “Prezident archasi” bayram tantanalari bolajonlarning eng sevimli bayramlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Tadbirlarni mazmunli va ko‘tarinki ruhda tashkil etish maqsadida, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugungi kunga kelib Mehribonlik va Muruvvat uylari o‘g‘il-qizlari, “SOS – bolalar mahallalari”, Go‘daklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo‘lgan Prezident sovg‘alari Sirdaryoga yetib keldi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish