Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Boyovutda isitish tizimida issiqlik nasosidan foydalanish bo‘yicha sinovdan o‘tkazilayotgan pilot loyiha o‘rganildi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida issiqlik nasoslarini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Global ekologik jamg‘armasining Kichik grantlar dasturi hamkorligida amalga oshirilyapti.

Bugun mazkur tashkilotlar masʼullari Boyovut tumanining 19-umumiy o‘rta taʼlim maktabida bo‘lib, bu yerdagi isitish tizimida issiqlik nasosidan foydalanish bo‘yicha sinovdan o‘tkazilayotgan pilot loyihani o‘rgandi.  

O‘rganishlarga ko‘ra, loyiha doirasida maktabning 20 dan ortiq o‘quv xonalari doimiy isitish tizimi bilan taʼminlanmoqda. Natijada maktabni isitish jarayoniga 16,5 baravar kamroq vaqt sarflandi. O‘rnatilgan 2 ta issiqlik nasoslarining kunlik elektr energiyasi 1437 kilovatt soatni tashkil etdi. 38 tonna ko‘mir yoqilishi va zararli moddalar havoga tashlanishining oldi olindi.  

Ushbu sinov natijalaridan kelib chiqib, kelgusida boshqa ijtimoiy soha obyektlarida ham issiqlik nasoslaridan foydalanishni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.  

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish