









Biroq, yurtimizda kuzatilayotgan sovuq ob-havo sharoiti o‘simlik va hayvonot dunyosiga ham ko‘plab noqulayliklarni keltiradi. Ayozli kunlarda Sirdaryo oqimida joylashgan bu makonning yovvoyi tabiatida jonvorlarning ozuqa topishi, suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi qiyinlashadi. Qalin qor ostida qolgan ozuqalarni topishlari amrimahol.
Shu sababli, bunday hududlarda yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish, ularning oziqlanishi uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilishini taʼminlash maqsadida biotexnik tadbirlar doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi.
Jumladan, Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining davlat inspektorlari tomonidan Sirdaryo daryosining Sayxunobod tumani hududidan o‘tgan qirg‘og‘ida biotexnik tadbirlar tashkil etildi.
Soha xodimlari yovvoyi hayvonlarning oziqlanishi uchun sharoit yaratdilar. Belgilangan nuqtalarga don va boshqa ozuqaviy mahsulotlar qo‘yib chiqdilar. Bu bilan hududning noyob flora va faunasini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Albatta bunday ezgu amallarni nafaqat yovvoyi tabiat qo‘ynida, balki shahar va qishloqlarda ham amalga oshirsak hayvonot olamidagi qiynalayotgan do‘stlarimizga katta yordam qilgan bo‘lardik.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi