



Bu natijaga erishishda agroklasterlar, fermer xo‘jaliklari, kunni tongga ulab mehnat qilayotgan bobo-dehqonlarning munosib hissasi bor. Statistika agentligining maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-avgust oylarida Rossiya, BAA, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Mongoliya kabi 12 ta davlatga nafaqat, gilos, olma, uzum, qiymati 24, 3 million AQSH dollariga teng 30,1 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan. Eng quvonchlisi, olxo‘rining eksport qiymati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 million AQSH dollarga oshgan.
Bunday misollarni yurtimizda yetishtirilib, eksportga yo‘naltirilayotgan gilos, uzum, o‘rik kabi mevalar, pomidor, bodring, qulupnay kabi sabzavot va poliz mahsulotlari misolida ham aytish mumkin. Chunki, yer yuzida aholi sonining o‘sgani sari bunday turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham ortgan.
Mirzaobod tumanidagi "Mirzaobod agro klaster" taʼsischilari ham bu masalani inobatga olib, Mirzaobodda intensiv olxo‘ri bog‘ yaratish loyihasiga qo‘l o‘rdi. Agroklasterga tegishli 100 gektar yer maydoniga kuzgi mavsumda 66 000 dona ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan olxo‘rining eksportbop navini qadashgan bo‘lsa, bahorgi mavsumda yana shuncha olxo‘ri ko‘chati ekiladi.
– Ishga kirishmasdan oldin ichki va tashqi bozorni o‘rgandik. Qolaversa, ekiladigan ko‘chat, uning o‘suvchanligini ham. Chunki, Boyovut, Sayxunobod, Sirdaryo tumanlariga qaraganda Mirzaobod tumani yerlarining sho‘rlanishi hisobiga yer bal-baniteti ancha past. Bu esa inobatga olindi, – deydi "Mirzaobod agroklaster" masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari Bobur Bo‘riboyev. –Intensiv usulda ekilgan, olxo‘rilarimiz bir yildan so‘ng hosilga kiradi. Ana shunda o‘rta hisobda aytganda, birinchi yil 485 tonna olxo‘ri olinsa, maʼlum bir qismini eksportga yo‘naltirsa bo‘ladi.
Chindan ham intensiv bog‘larning hosildorligi nihoyatda yuqori bo‘lib, anʼanaviy usuldagi bog‘lardagiga nisbatan 5-6 barobar ko‘p meva yetishtirish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida dunyo bozorida talab yuqori bo‘lgan olxo‘ri va boshqa turdagi mevalarni yetishtirish, uni eksport qilish imkonini beradi.
Ushbu mahsulotlar xorijga nafaqat meva,balki qayta ishlanib, quritilgan holda ham eksport qilinadi. Buni "Mirzaobod agro klaster" taʼsischilari inobatga olib, kelgusida olxo‘ri mevasini qayta ishlaydigan, quritib qadoqlaydigan korxonani qurish, uni ishga tushirish ustida ish olib borishyapti.
– Olxo‘ri bog‘ yaratish, quritish va qadoqlash korxonasi loyiha qiymati 6,7 milliard so‘mni tashkil etadi. Intensiv olxo‘ri bog‘ esa, tomchilatib sug‘orish tizimi orqali sug‘oriladi. Buning uchun yaqinda Turkiyadan umumiy qiymati 3 milliard so‘m bo‘lgan tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini keltirdik. Uni o‘rnatish ishlari erta bahorda boshlanadi,–deydi B. Bo‘riboyev.
Ayni vaqtda klasterda 30 nafar doimiy, 300 nafar mavsumiy ishchi ishlaydi. Intensiv usuldagi olxo‘ri bog‘, quritish va qadoqlash korxonasi to‘lig‘icha ishga tushgach, 40 ta doimiy, 400 ga yaqin mavsumiy ish o‘rni yaratilib, ishsiz yoshlarning bandligi taʼminlanadi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi