
Shunga yarasha o‘quv xonalari zamonaviy o‘quv jihozlari bilan jihozlandi, 3 dona elektron doska keltirilib, sinf xonalarga o‘rnatildi. Bundan tashqari, maktab sport zali, eski maktab binosi qayta taʼmirlanib, yangi jihoz va sport inventarlari bilan taʼminlandi.
– Umumtaʼlim maktabimizning eski binosi 1974-yilda qurilgan bo‘lib, bir vaqtlar bog‘cha, keyinchalik zarurat yuzasidan maktabga aylantirilgan. Qayta bir necha bor taʼmirlangan bo‘lsa-da, aholimiz soning o‘sishi, bola sonining ko‘payayotgani turli muammolarni keltirib chiqarayotgandi.Chunki, eski maktab binosida bor yo‘g‘i 10 ta sinf xonasi bo‘lib, unda bir vaqtning o‘zida 497 nafar o‘quvchiga dars mashg‘ulotlarini o‘tkazishning hech iloji yo‘q edi. Ikki smenada dars soatlari tashkil etilgan bo‘lsa-da, o‘qituvchi va o‘quvchilarga qiyinchilik tug‘dirardi. Davlatimiz rahbarining maktabgacha va maktab taʼlimiga bo‘lgan eʼtibori tufayli barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan, yangi va zamonaviy maktab binosiga ega bo‘ldik, – deydi umumtaʼlim maktabi direktori Nigora Tojiqulova.
– Ko‘rib turganingizdek, yangi va zamonaviy ko‘rinishdagi maktab binosi mahallamiz aholisining, qolaversa, maktab o‘qituvchilarining ko‘p yillik orzusi edi. Bugun esa, shu orzumizga erishdik. Shart-sharoitni aytmaysizmi, havas qilgulik. Ularni ko‘rib, qayta bola bo‘lib qolgim, shu maktabda qayta o‘qigim kelib qoldi, – deydi Ismat bobo Farmonov.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi