Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda 424 ming tonna fitosanitar mahsulotlar eksport qilindi
Sirdaryoda meva- sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan xo‘jaliklar soni tobora ortib bormoqda. Bu esa dehqon-fermer xo‘jaliklari, aholi vakillarining daromadi oshishiga, eksportbop mahsulotlar turi va hajmining ortishiga, valyuta tushumlarining ko‘payishiga xizmat qilmoqda.

Ana shu ishlarning samarasida joriy yilning o‘tgan davrida sirdaryolik mirishkorlar tomonidan 36 ta xorijiy davlatga  424 ming  tonna fitosanitar, toza va xavfsiz meva va sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

Bunda Sirdaryo viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlarining xizmatlari katta bo‘lmoqda. Chunki ular tomonidan 424 ming  tonna, 982 metr kub, 54 ming metr kvadrat va 2102 dona fitosanitar toza karantin ostidagi mahsulot eksporti uchun 16 ming 923 dona fitosanitar sertifikat  rasmiylashtirib berildi.

Bu boradagi ishni tashkil etishda, viloyatning eksport salohiyatini oshirishda  qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar, agrotexnik tadbirlar muhim o‘rin tutmoqda.  

Misol uchun aytganda, Sayxunobod tumanining Farovon mahallasi hududida joylashgan 2 gektarlik issiqxona sharoitida gidroponika usulida  bir yilda 2 marta pomidor yetishtirish yo‘lga quyildi. Ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari fitosanitar talablarga javob berganligi bois, yetishtirilgan mahsulotlarning 85, 90 foizi Rossiya, Qozog‘iston, takroriy ekin sifatida ekilgan moshning 80, 85 foizi qayta ishlangandan so‘ng Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Pokiston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinib, qolgan qismi ichki bozorni  taʼminlayapti.

–Joriy yilning 28 noyabrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida  videoselektor  o‘tkazildi. Unda  meva-sabzavotlarni qayta ishlash masalasi tahlil qilinib, eksport mahsulotlar yetishtirish yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi xodimlariga   topshiriqlar berilgandi. Ana shu topshiriqlar tufayli Sirdaryoda ham muhim chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga asosan,  tomorqalar, ko‘cha, dala chetlari va kanal-kollektorlar atrofidagi  yerlarda ichki va tashqi bozordan joy oladigan daromadli,  fitosanitar toza mahsulotlar yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi,–deydi  Sirdaryo viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i Irisboy Abdullayev.

Ayni vaqtda kelgusi yil ekilishi, eksportga yo‘naltirilishi kuzda tutilgan mahsulotlar ro‘yxati tuzilib, shu asosda ish olib borilmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish