Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda davlat xizmatchilari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazilmoqda
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida shahar va tuman hokim o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminar boshlandi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Davlatimiz rahbarining 2024 yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlarida bayon etilgan tashabbuslar, shuningdek, “2025 yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari oldida turgan muhim vazifalarni o‘rganish, ularning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

O‘quv-seminari ochilishida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev uning nechog‘lik ahamiyatliligi haqida to‘xtaldi.

— “Yangi O‘zbekistonda yangicha dunyoqarash” deyapmiz. Bu faqat shiorda emas amalda, birinchi galda davlat xizmatchisi faoliyatida sezilishi kerak. Bugun hayotning o‘zi biz rahbarlardan professionallik, tezkor, samarali va yangicha fikrlashni, tashabbuskorlikni talab etmoqda, — dedi viloyat hokimi.

Ishtirokchilarni ushbu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanib, bilim va malakalarini yana-da mustahkamlashlari lozimligi taʼkidlandi.

Joriy yil 13 dekabr kuniga qadar davom etadigan seminarga respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar jalb etilib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, mahallabay ishlash, yoshlar siyosati, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi muammolari bilan ishlash kabi muhim mavzularda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish