Izlagan imkon topar, deydi xalqimiz. Hafsala qilgan kishi har qanday yumushning uddasidan chiqishi aniq. Buni bedanachilikni yo‘lga qo‘yib, shu soha ortidan o‘z oilasi farovonligini taʼminlayotgan hamda bozorlarimizning to‘kin-sochinligiga hissa qo‘shayotgan xovoslik Majiddin Mustafoqulov misolida yana bir bor ko‘rish mumkin.
“Yonimizdagilar” loyhasining navbatdagi qahramoni bir yildirki, bedana boqish va ko‘paytirish bilan doimiy shug‘ullanib keladi. Hozirgi kunda uning moʻjazgina xonadonida salkam uch ming bosh bedana parvarishlanmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ochib chiqqan polaponlarning qariyb 98 foizi yashab ketadi. Juda tez rivojlanadi, 35-40 kunda tuxumga kiradi. Kasalliklarga ham chidamli. Ozuqasini vaqtida berib, mehr bilan parvarish qilsangiz, bas. Vaqtingizni ko‘p olmaydi. Go‘shti va tuxumining shifobaxsh xususiyatlari sabab ularga talab doim yuqori.
Bedana boqishga ketgan xarajat bir necha hissa daromad bilan o‘zini oqlaydi. Ayni paytda Majiddin akaning 800 ga yaqin bedanasi tuxumga kirgan, ular har kuni o‘rtacha 700-750 dona tuxum beradi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi