
Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, adiba Sabohat Norbo‘tayevaning mazkur teatrida uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan, o‘zidan yaxshi xotirotlar qoldirgan, marhum aktyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Adham Abdullayev haqidagi "Mashʼalaga aylangan yurak yoki Adham Abdullayevni xotirlab" hamda viloyat va respublikamiz qator teatrlarida faoliyat yuritgan taniqli aktyorlar hayoti haqida hikoya qilguvchi "Sahna “majnun”lari" kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.
Kitoblar taqdimotida marhum aktyor Adham Abdullayevning oila aʼzolari, yaqinlari, shogirdlari, teatr va sanʼat namoyandalari, ijodkorlar va ijodkorning muxlislari ishtirok etdi. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rofessori Maʼmirjon Umarov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Aliqul Xonimqulov, Guliston davlat universiteti professori Ravshanbek Mahmudov, “Universitet ovozi” gazetasining bosh muharriri Munavvar Pardayevlar Adham Abdullayevning aktyorlik mahorati, odamiylik xislatlari haqida so‘z yuritishdi.
Taqdimotda Adham Abdullayev rol o‘ynagan sahna asarlaridan namoyish qilingan video parchalar, teatr aktyorlari va xonandalar tomonidan turli spektakllar asosida ijro qilingan qo‘shiq va yallalar ishtirokchilarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi