Guliston shahar hokimligi katta majlislar zalida o‘tkazilgan qabul davomida 30 nafarga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari eshitildi.
Murojaatchilar asosan taʼlim kreditini olish, soliq, xorijda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishga ko‘maklashish, moddiy yordam, bandlik, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mahallalarni obodonlashtirish, ichki yo‘llar taʼmiri, gaz taʼminotini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda viloyat hokimiga yuzlandilar.
Har bir murojaat tegishli boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida ko‘rib chiqilib, hal etilishi mumkin bo‘lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Qolgan murojaatlarni qo‘shimcha o‘rganish uchun masʼullar biriktirilib, belgilagan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha vazifalar yuklatildi.
Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar ham joyida soha mutasaddilariga yo‘naltirildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi