Viloyat hokimi muhtaram Prezidentimiz va Quvayt Amirining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosatlari tufayli ikki tomonlama munosabatlar mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilganini qayd etib, bugungi uchrashuv ham, eng avvalo, ko‘p qirrali sheriklikni rivojlantirish yo‘lida aniq qadamlarni belgilash imkoniyati ekanligini taʼkidladi.
Quvaytdan Sirdaryo viloyatiga sitrus mevalar, neft-kimyo mahsulotlari, asbob-uskunalar importini yo‘lga qo‘yish, o‘z o‘rnida ushbu davlatga dukkakli ekinlar, un, to‘qimachilik, farmatsevtika mahsulotlari, quruq mevalar eksporti hajmini oshirishdan manfaatdorligi va bu borada har tomonlama ko‘mak berilishini bildirdi.
Qabul chog‘ida mehmonlar viloyatda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar, investorlarga yaratilgan imtiyozlar, hududdagi mavjud infratuzilma holati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Muloqot yakunida yaqin vaqt ichida Sirdaryo viloyati delegatsiyasining Quvaytga xizmat safarini tashkil etish, muzokaralarni davom ettirish hamda qo‘shma tadbirlar dasturini tayyorlashga kelishib olindi.
Uchrashuv doirasida G2B va B2B formatlarida muzokaralar olib borilib, tadbirkorlar kelgusidagi sheriklikning amaliy jihatlarini muhokama qilishga muvaffaq bo‘lishdi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi