Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“O‘zbekiston qadriyatlar maskani” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosida tashkil etilgan ko‘rgazmada Guliston davlat universiteti “Sanʼatshunoslik” fakulteti o‘qituvchisi, rassom Taxir Shaymurodov va rangtasvir yo‘nalishi talabalarining 100 ga yaqin kartinalari namoyish qilindi.

Mo‘yqalam sohiblarining asarlarida ona vatan, milliy o‘zlik, farovon turmush, baxtiyor bolalik onlari, tarix va bugun, inson va tabiat tasvir va ranglar uyg‘unligida mohirlik bilan ifodalangan.

Ko‘rgazmada ishtirok etgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev yosh rassomlarning ijodiy ishlarida yuqori professionallik yaqqol sezilib turganini taʼkidladi. Bu tahsinga sazovorligini aytdi. Ularga ijodiy barkamollik tiladi.

Bu kabi ko‘rgazmalarni olis va chekka hududlarda o‘tkazishni joriy etish, buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilishi maʼlum qilindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish