Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Sektor rahbarlari kubogi” g‘oliblari aniqlandi

Sirdaryoda huquqni muhofaza qiluvchi va mudofaa organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanimiz!” shiori ostida “Sektor rahbarlari kubogi” uchun tanlov va musobaqalar tashkil etildi.

Uning tuman, shahar va viloyat bosqichida 10 ming nafarga yaqin yoshlar qatnashdi.

Qizg‘in, shiddatli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, “Birinchi sektor rahbari kubogi” uchun “Zukko kitobxon” tanlovida:

I o‘rin – “Gulbuloq” MFY jamoasi (Sayxunobod tumani);

II o‘rin – “Ko‘rkam diyor” MFY jamoasi (Oqoltin tumani);

III o‘rin – “Oydin” MFY jamoasi (Mirzaobod tumani).

“Ikkinchi sektor rahbari kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinida:

I o‘rin – “Navbahor” MFY jamoasi (Guliston shahar);

II o‘rin – “Qoraqum” MFY jamoasi (Xovos tumani);

III o‘rin – “Ko‘rkam diyor” MFY jamoasi (Oqoltin tumani).

“Uchinchi sektor rahbari kubogi” uchun “Kibersport” musobaqasida:

I o‘rin – “Namuna” MFY jamoasi (Guliston shahar);

II o‘rin – “Paxtakor” MFY jamoasi (Sirdaryo tumani);

III o‘rin – “Temur Malik” MFY jamoasi (Yangiyer shahar).

“To‘rtinchi sektor rahbari kubogi” uchun “Yengil atletika” musobaqasida:

I o‘rin – “Farhod” MFY jamoasi (Boyovut tumani);

II o‘rin – “Binokor” MFY jamoasi (Yangiyer shahar);

III o‘rin – “Furqat” MFY jamoasi (Guliston tumani) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bugun g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish