Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ish boshladi
Guliston shahridagi “Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi”da bo‘lib o‘tayotgan yarmarkaning ochilish tadbirida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etdi.

Ushbu format ishlab chiqaruvchilarni bir-biriga bog‘lovchi katta maydon vazifasini o‘tayotganligi taʼkidlanib, bugungi yarmarka ham barcha uchun manfaatli bo‘lishiga tilak bildirildi.

Mehmonlar Sirdaryo viloyati hamda respublikamizning boshqa hududlaridan tashrif buyurgan qurilish materiallari, to‘qimachilik va ipakni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika, farmatsevtika, charm-poyabzal, avtomobilsozlik, mebelsozlik sohalarida faoliyat yurituvchi 200 dan ziyod korxonalarning 1500 ga yaqin turdagi mahsulotlari namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ertaga, 13 centyabr kuni ham davom etadi. Unda yangi loyihalar taqdimoti, “V2V” uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sanoat tarmoqlari, kichik biznes subyektlari mahalliy mahsulotlarni xarid qilish hamda butlovchi qismlar, materiallar va xomashyolarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish