Guliston shahrida joylashgan viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazining rekonstruksiyadan chiqqan o‘quv binosi, shuningdek, yangitdan qurilgan 2 qavatli yotoqxona va oshxona binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyat hokimi, viloyat harbiy maʼmuriy sektori rahbari Akmaljon Maxmudaliyev, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni Zokirjon Sayfuddinov, chaqiriluvchilar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar ushbu markaz sirdaryolik yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishini taʼkidladilar. Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda harbiy sohada olib borilayotgan tizimli ishlar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Bu yerda birinchi bosqichda 64 nafar, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda 74 nafardan, o‘quv yili mobaynida esa jami 212 nafar chaqiriluvchiga 3 yo‘nalish – “VS” toifali haydovchilik, “Radiotelefonist” hamda “Chavandoz” mutaxassisliklari bo‘yicha taʼlim berilib, Qurolli Kuchlar tizimiga yo‘naltiriladi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi