Shundan so‘ng korxona direktori Adham Hamzayev kompaniyaning investitsiya loyihalari, quvvati, mahsulot turi va sifati, ishlab chiqarish jarayoni, eksport salohiyati haqida atroflicha so‘zlab berdi.
Qayd etilishicha, 2023-yil o‘z faoliyatini boshlagan korxona Gollandiya texnologiyasi asosida jihozlangan. Ishlab chiqarish jarayonlari esa to‘liq avtomatlashtirilgan.
Korxonada yiliga 450 ming metr kub gazobeton ishlab chiqariladi. Mahsulot tayyorlashda to‘liq mahalliy xomashyodan foydalaniladi. Unda sirdaryolik 150 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilyapti. Hozir korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlardan respublikadagi yirik qurilish maydonlarida foydalanilmoqda. Mahsulot tayyorlash uchun xorijiy va mahalliy yetuk mutaxassislar jalb etilgan. Bugungi kunda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qo‘shni mamlakatlarga gazobeton bloklari muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.
– Korxonada ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilganimiz tufayli jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Xomashyoni chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yib, mahsulotlar tannarxini pasaytirish va qo‘shilgan qiymat hosil qilish bo‘yicha soha olimlari bilan hamkorlikda ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Quvonarlisi, korxonamiz mahsulotlari istagan xorijiy brendlar bilan tenglasha oladi. Negaki, “BS gazobeton” qisqa vaqt ichida O‘zbekistondagi eng yirik gazoblok ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi. Bozorda o‘z o‘rni va pozitsiyasiga ega bo‘ldi. Kompaniyaning eksport ko‘lami ham kengaymoqda. Hozirgi kunda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi qo‘shni mamlakatlarga gazobloklar muntazam ravishda yetkazib berilmoqda. Bu o‘sish yuqori sifatli qurilish materiallariga ortib borayotgan talabni qondirishga intilishimizdan dalolatdir, – dedi A.Hamzayev.
Tadbirda ishtirokchilar ishlab chiqarish jarayonlari, qadoqlash jarayoni, ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, ular uchun gazobeton bloklarining xususiyatlari, turlari va uning ishlatilishi haqida ko‘rgazma tashkil etildi. Mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etib berdi. Shundan so‘ng jurnalistlar va mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro muloqot uyushtirilib, bu jarayonlar foto va videolavhalarda muhrlandi.
Ushbu press-tur «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, Sirdaryo viloyati hokimligi va “BS gazobeton” korxonasi hamkorligida tashkil etildi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi