Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Qishloq xo‘jaligida mavsumning eng masʼuliyatli pallasi
G‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalash ishlarini amalga oshirish, joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, shuningdek, g‘alla ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Guliston tumandagi “Oqoltin xirmoni” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘lib o‘tgan seminarda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, tumanlar sektorlari rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi masʼullari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasterlari rahbarlari, fermerlar hamda nuroniylar ishtirok etdilar.

Viloyatimizda kelgusi yil hosili uchun 85 ming gektar maydonga boshoqli don ekish belgilangan. Dastlab, jonliq so‘yilib, duoga qo‘l ochildi va ezgu niyatlar bilan g‘alla ekish ishlariga start berildi.

Serhosil, sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi va istiqbolli g‘alla navlari va kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi bilan tanishildi. G‘alla ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, ekin maydonlarini o‘g‘itlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

2024-yilda viloyatda 77 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, ushbu maydonlardan 281 ming tonna paxta xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.

Seminarda so‘z olgan viloyat hokimi paxta yig‘im-terimiga kirishish oldidagi so‘nggi agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish mo‘l hosil garovi bo‘lishiga eʼtibor qaratib, g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalashni g‘o‘zaning biologik yetilganligiga qarab o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish, qo‘llaniladigan defoliantlarni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Shu bilan birga mavsumda otryadlarni shakllantirish, terimchi va hasharchilarga yetarli shart-sharoit yaratish, mehnatga haq to‘lash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish