Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.

Sessiyada viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev kun tartibidagi masala yuzasidan qilgan maʼruzasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni sohalar bo‘yicha birma-bir tanqidiy tahlil qildi.

Shundan so‘ng deputatlar uning Sarvar Sultonovni Mirzaobod tumani hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi taklifini maʼqulladi.

Viloyat rahbari tuman hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Raxmonkulov Orif Xudoyberdiyevichni tanishtirdi.

Muzokarada so‘zga chiqqanlar yangi hokim atrofida jipslashib, hududni rivojlantirish, obod qilish, aholi turmush farovonligini yana-da oshirishga hissa qo‘shishlarini taʼkidladilar.

Viloyat hokimining Orif Raxmonkulovni Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Orif Raxmonkulov 1983-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavr darajasini, 2012-yilda magistraturani tamomlagan. Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi — buxgalteriya hisobi va audit.

Mehnat faoliyati davomida bank sohasida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish