Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda yana bir rentgenologik endovaskulyar jarrohlik bo‘limi ish boshladi

SSVning Jahon banki shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida 530 ming AQSH dollari mablag‘ evaziga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga angiograf apparati keltirilib, o‘rnatildi.

— Angiograf apparati yurak koronar qon tomirda, uyqu arteriyasida va oyoq son arteriyalarida yuqori texnologik tekshiruvlarni o‘tkazish, shuningdek, angioplastika va stentlash amaliyotlarini bajarish imkonini beradi, — deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, rentgenendovaskulyar jarroh Xurshid Hakimov.

Qayd etilishicha, bu turdagi apparat uch yil avval Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialiga o‘rnatilgan edi. Uning yordamida ayni kunga qadar yurak-qon tomir tizimida muammosi bor bo‘lgan bemorlardan 1 200 nafarida koronarografiya, 1 000 nafarida stentlash, 25 nafarida yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq boshqa jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish