Bu yilgi festivalni o‘tgan yilgi festivaldan-da ko‘tarinki ruhda tashkil etish uchun poytaxtdan O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, madaniyat va sanʼat namoyondalari Sirdaryoga tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar Guliston shahridagi ulug‘ shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi. Shundan so‘ng, “Yangi O‘zbekiston fidoyisi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Guliston davlat universiteti professori Ravshanbek Mahmudov, filologiya fanlari nomzodi, professor Rahimboy Jumaniyozov, falsafa fanlari doktori, professor Sayyora To‘ychiyeva va bir guruh nuroniy va faxriylar mazkur kitob, uning yaratilish tarixi, badiiy ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi.
“Maʼnaviyat festivali”ning keyingi tadbirlari Yangiyer shahri, Xovos, Sardoba, Oqoltin tumanlarida davom etib, unda aholi va yoshlar orasida kitobxonlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik kabi tuyg‘ularni oshirishga qaratilgan “Vatan madhi” nomli musiqiy konsert dasturlari namoyish etildi, “Mutolaa marafoni”, “Eng maʼnaviyatli mahalla” tanlovlari o‘tkazildi, “Maʼrifat tur”, “Ziyolilar forumi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Oila maʼnaviyat qo‘rg‘oni”, “Maʼrifat soati”, “Inson qadri”, “Ajdodlarga ehtirom”, “Maʼnaviyat kubogi” kabi tadbirlar tashkil etildi.
–Rosti, bu yil Sirdaryoda o‘tkazilayotgan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan maʼnaviyat festivali o‘zgacha formatda o‘tkazilmoqda,–deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Murod Hayitov.–Bunda bevosita Sirdaryo viloyat hokimining yordami katta bo‘ldi. Shunga yarasha festivalni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari ham ko‘ngildagidek tashkil etildi.
Sirdaryoda mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan festivalda, davlat va jamoat arboblari, madaniyat va sanʼat namoyondalar qatorida aholi vakillari ham faol ishtirok etib, Vatan, uning ertangi istiqbolini tarannum etyapti.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi