Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Yashil” stansiya – koni foyda

Sirdaryo IESda joriy yil boshidan hozirga qadar “yashil” stansiyasi orqali 1,39 mln kVt soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. Bu yerda o‘rnatilgan umumiy quvvati 1,9 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish iqtisod qilingan elektr energiyasi bir oy davomida 6 ming 971 ta xonadonni taʼminlashga yetadi. Bundan tashqari shuncha elektr energiya ishlab chiqarish uchun sarf etilishi mumkin bo‘lgan 121 ming 233 metr kub tabiiy gaz ham iqtisod qilinishiga erishilgan.

Shuningdek, stansiyada o‘rnatilgan umumiy hajmi 6 200 litr bo‘lgan 31 ta quyosh suv isitish qurilmalari orqali korxonaning asosiy va yordamchi binolariga joriy yilda 185 ming gegakall issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish