






Kun tartibidagi asosiy mavzu hududlarda aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalarini yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlarning natijadorligi haqida bo‘ldi.
Joriy yilning 12 avgust kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mutlaqo yangi tizim – 4 ta tuman tajribasi ommalashmayotgan hududlar qatorida Yangiyer shahar, Xovos va Sardoba tumanlari ham sanab o‘tilgan edi.
Dastlab shahar va tuman hokimlarining axboroti tinglandi. Shundan so‘ng hududlarning imkoniyatlari, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, haqiqatdan ham mazkur hududlar hokimlari, iqtisodiy kompleks rahbarlari bu islohotlarni hanuz to‘liq tushunib yetmagan. Uychi tajribasi asosida viloyat bo‘yicha qariyb 22 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Lekin, Yangiyerda viloyat ko‘rsatkichiga nisbatan 11 foiz, Xovos va Sardoba tumanlarida esa 7 foiz kam ish o‘rinlari yaratilgan.
Yoki, Sayxunobod tajribasi asosida har bir mahallada kamida 10 tadan mikroloyiha qilish zarur. Bu orqali viloyatda jami 2,8 mingta mikroloyiha ishga tushirilib, 5,6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Biroq yuqoridagi 3 ta hududdagi 45 ta mahallada nomigagina 3-4 ta mikroloyiha qilingan.
G‘ijduvon tajribasi asosida hokimlarga mahallani o‘zida “tepaga o‘sadigan” (vertikal) sanoat binolari tashkil qilish topshirilgan. Lekin, birorta hokim hisob-kitob qilib, nechta loyiha qilishi va qancha ish o‘rni yaratishi bo‘yicha rejasini tasdiqlagani yo‘q. Zarbdor tajribasi bo‘yicha ham rahbarlar xotirjamlikka berilgan.
Viloyat hokimi ko‘rsatib o‘tilgan xatolarni to‘g‘rilash bo‘yicha masʼullar oldiga aniq vazifalar belgilab, ijrosi ustidan qatʼiy so‘rov bo‘lishini taʼkidladi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarga qattiq chora ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi