Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Malayziyaning TOP-30 talikka kirgan “EPS Ventures” IT kompaniyasi direktori Metyu Barsingni qabul qildi

Uchrashuvda Sirdaryoda IT xizmatlari eksporti hajmini oshirish va xorijiy kapital ishtirokidagi IT kompaniyalar sonini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Metyu Barsing tomonidan mamlakatimizda IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar alohida eʼtirof etildi.

Akmaljon Maxmudaliyev viloyatning IT sohasi bo‘yicha brendini yaratish ustida ish olib borilayotgani, buning uchun barcha narsa – sharoit, resurs, intellekt borligini qayd etdi va bu yo‘nalishda har qanday taklifni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, muloqot davomida joriy yilning 4-choragida Sirdaryo viloyati hokimligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan Malayziyada o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Uzbekistan-Outsoursing Sonferense” forumi xususida ham fikr almashildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish