Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida Krasnodar o‘lkasida joylashgan P.P. Lukyanenko nomidagi milliy don markazi seleksioner olimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Unda Sirdaryo tuproq-iqlim sharoitiga mos, tabiatning turli stress omillariga chidamli va serhosil bug‘doy navlarini yaratish, yuqori avlodli urug‘liklar hisobiga viloyatda boshoqli don ekinlaridan yuqori va barqaror hosil yetishtirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotni markaz direktori, Rossiya Fanlar akademiyasi aʼzosi Vyacheslav Lukomes ochib berdi va delegatsiyamiz aʼzolarini ushbu markazda ko‘rib turganidan mumnun ekanligini aytdi.
— Biz hosildor va sovuqqa chidamli kuzgi ekinlarni yetishtirish ustida ish olib boryapmiz. Olimlarimiz ko‘p yillardan buyon o‘zbekistonliklar bilan mamlakatingiz sharoitiga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik qiladilar. Markazda amaliyot o‘tash istagida bo‘lgan talabalaringizni qabul qilishimiz mumkin. Qolaversa, sizlar bilan yuqori sifatli urug‘lar yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyormiz, - dedi Vyacheslav Lukomes.
Viloyat hokimi markaz olimlari tomonidan olib borilayotgan tajribalardan xabardorligi, ularning xizmatlarini qadrlashini bildirdi.
— Bizga suvsizlikka chidamli, kasalliklarga, ayniqsa, zangga chidamli navlar juda zarur, - dedi Akmaljon Maxmudaliyev.
Seleksioner olim Lyudmila Bespalova bu kabi talablarning barchasiga javob beradigan navlar ilmiy markazda yaratilgani va yangilab borilayotganini taʼkidladi.
— Ayniqsa, bizning ikki urug‘pallali navlarimiz O‘rta Osiyo mamlakatlarida yuqori hosil beradi. Andijon viloyati bunga yorqin misol. Biz ular bilan doimiy aloqadamiz, muloqot qilamiz, amaliy yordam beramiz, natijalar esa juda yaxshi. Va biz Sirdaryo viloyati bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo‘lamiz, - dedi u.
Viloyatimiz vakillari, shuningdek, markaz seleksiyasiga mansub ertapishar, yuqori hosilli bug‘doy navlari hamda ularning xususiyatlari bilan tanishdilar. Yakunda o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi