Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda tashkil etilayotgan sanoat korxonalarining katta qismi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

Statistika boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1-iyun holatiga viloyatda 1 332 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu jami korxonalarning 10,8 foizini tashkil etadi. Sanoat korxonalarining 1 296 tasi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:

• Guliston shahri – 247 ta;

• Sirdaryo tumani – 221 ta;

• Boyovut tumani – 160 ta;

• Mirzaobod tumani – 113 ta;

• Yangiyer shahri – 146 ta;

• Sayxunobod tumani – 115 ta;

• Guliston tumani – 87 ta;

• Xovos tumani – 97 ta;

• Sardoba tumani – 61 ta;

• Oqoltin tumani – 45 ta;

• Shirin shahri – 40 ta.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish