









Viloyat musiqali drama teatrida 27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan teleradio ijodkorlari, bosma nashrlar vakillari, faxriy jurnalistlar, matbuot kotiblari, ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi.
“Jurnalistika” qo‘shig‘i bilan boshlangan tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev sharafli kasb egalarini qizg‘in tabriklab, ularning mehnatini eʼtirof etdi.
— Biz fidoyiligingiz, isteʼdodingiz, yuksak g‘oyalarga sodiqligingiz, mehnatingiz, har bir insonning yurak-yuragiga kirib boruvchi va hayotimizni yana-da yaxshilashga xizmat qiluvchi so‘zingiz uchun sizdan chin dildan minnatdormiz, - dedi viloyat hokimi. — Ishonch bilan aytish mumkinki, jurnalistlar va blogerlar mamlakat hayotining ajralmas qismiga aylandi, aholi orasida ularning nufuzi oshdi, taniqli ismlar va taxalluslar paydo bo‘ldi. Bu, shubhasiz, katta yutuq va shu bilan birga Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosidir!
Qator jurnalistlar ham so‘zga chiqib, kasbdoshlariga o‘zlarining eng iliq tabriklarini bildirdi.
Tadbir davomida bir guruh soha vakillari hokimlikning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayram "Maysaraning ishi" hajviy spektakli namoyishi bilan davom etdi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi