Suhbatda davlat rahbarlarining saʼy-harakati bilan keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda aloqalar mustahkamlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida tez fursatda qurilishi kutilayotgan “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘li yuzasidan ham fikr almashildi.
Akmaljon Maxmudaliyev Szinsyu tumanining kambag‘allikni qisqartirish sohasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor ekanini aytdi va Sirdaryoda ilk bor joriy qilinib, butun respublikada ommalashtirilayotgan "Sayxunobod tajribasi" xususida to‘xtaldi. Madaniy hamkorlikni faollashtirish, o‘zaro madaniyat kunlarini o‘tkazish taklif qilindi.
Ishonch, ochiqlik va do‘stlik ruhida o‘tgan uchrashuvda, shuningdek, strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga qaratilgan qator yangi loyihalar, xususan, viloyatda multimodal logistika markazini qurish, “ZXAUTO” brendi ostida avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi.
Muzokara yakunida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida tomonlar hukumatlararo ishchi guruh tuzish va birgalikda ish tashkil qilish bo‘yicha kelishib oldi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi