Sardoba tumani tibbiyot birlashmasi bino – inshootlari har jihatdan eskirib, bugungi kun talablariga javob bermay qolgandi. Shu sababli, 2023-yil iyul oyida uning binosini qayta rekonstruksiya qilish boshlandi. Qariyb bir yillik bunyodkorlik ishlaridan so‘ng bugun ushbu muassasa foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanada so‘z olgan viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev keyingi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli bo‘layotganini qayd etdi, profilaktik tibbiyotning ahamiyatiga, kasallikni davolashdan ko‘ra, uning oldini olish muhim ekanligiga eʼtibor qaratdi.
Shundan so‘ng ramziy tasma qirqilib, yig‘ilganlar tibbiyot maskanidagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Bu yer 55 nafar malakali shifokor va 681 nafar o‘rta tibbiyot xodimlari samarali faoliyat yuritishi, kasallikka chalingan fuqarolarning sifatli tibbiy yordam olishlari, hatto bemorlarni ko‘rishga kelgan yaqinlari uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Muassasa 9 turdagi zamonaviy va eng so‘nggi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, bu bemorlarga aniq tashxis qo‘yish, samarali davolash imkonini beradi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi