Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda yil boshidan beri 97 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olindi

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining maʼlum qilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida viloyatda jismoniy va yuridik shaxs tomonidan 947 holatda 97,15 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish aniqlangan.

Xususan, qonunga zid eng ko‘p yer maydonlari o‘zlashtirilgan hududlar:

Xovos tumani - 126 ta holatda 63,19 ga;

➤Yangiyer shahar - 107 ta holatda 3,27 ga;

➤Guliston shahar - 94 ta holatda 0,65 ga;

➤Sirdaryo tumani - 92 ta holatda 11,07 ga;

➤Sardoba tumani - 83 ta holatda 2,85 ga.

Har bir holat yuzasidan ogohlantirish xatlari berilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, 594 holatda 18,84 gektar o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni o‘z holiga qaytarilgan. 250 holatdagi 23,36 gektar yer maydoni bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish