









Mamlakatimizda bo‘lib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hamrohligida bugun Sirdaryoga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Sirdaryo tumanida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq mehmonlar dastlab «Peng Sheng» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tomonidan Xitoy tajribasi asosida chigit ekilgan maydonlar va yangi barpo qilingan intensiv bog‘ni ko‘zdan kechirishdi. So‘ng Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasida tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi bilan suhbat qilindi.
Viloyat hokimligi "Qabullar uyi"da o‘tgan uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va tashabbusi bilan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Xususan, keyingi yillarda birgina Sirdaryoda Xitoy kompaniyalari sarmoyasi ishtirokida 70 dan ortiq loyiha ishga tushirilgani, viloyatning Xitoy Xalq Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi esa o‘tgan 2023 yilda 336,1 million AQSH dollarini tashkil etgani taʼkidlandi.
Sirdaryo viloyati va Xitoyning qator provinsiyalari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da kengayishi hamda mustahkamlanishiga umid bildirildi. Shuningdek, tomonlar o‘zlarini qiziqtirayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi