Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Cirdaryoda joriy yilda dehqonchilik uchun yoshlarga 3 ming gektar yer ajratiladi

Viloyat bo‘yicha dehqonchilik qilish istagidagi 6 018 nafar yigit-qizning ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning har biriga «mahalla yettiligi» taklifi bilan 50 sotixdan jami 3 ming gektar yer ajratish rejalashtirilgan.

Yer olgan yoshlar Agrobankning «Fermerlar maktabi»da eksportbop ekinlar yetishtirishga o‘qitiladi. Shuningdek, ularga mini-texnika, urug‘ va ko‘chatlar sotib olishga «Yoshlar daftari» jamg‘armasi hamda Fermerlar jamg‘armasidan subsidiya ajratiladi. Dehqon yoshlarga eksportchi va qayta ishlovchi tadbirkorlar kooperatsiya asosida biriktiriladi.

Ayni kunda hududlarda bu boradagi ishlar boshlab yuborilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish