Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
eye Ko'zi ojizlar uchun
 EʼLON
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 oktyabrdagi 548-F-sonli farmoyishining 4-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Sirdaryo viloyati Guliston shahri hududida Sirdaryo viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” Injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida hududlarni rivojlantirishning yagona konsepsiyasi – “Master-reja”ni ishlab chiqish bo‘yicha xizmatlar sohasi rivojlangan mamlakatlarning konsalting, arxitektura va loyiha kompaniyalari ekspertlari bilan “Master-reja”larni ishlab chiqish bo‘yicha istisno tariqasida eng yaxshi takliflarni tanlash maqsadida tanlov eʼlon qiladi:

“Master-reja”larni ishlab chiqish jarayonini 2023 yil 1 martga qadar yakunlash, ularni viloyat qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashlari bilan kelishgan holda tasdiqlash talab etiladi.

Xorijiy kompaniyalar tomonidan master rejalarni ishlab chiqish takliflari va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati 2022 yil 20 dekabrga qadar.

 

Baholash mezonlari:

1.Texnik tasdiqlash sifati (ko‘rish+yondashuv): 30 %.

2.Loyiha jamoasining sifati (xodimlar): 20 %.

3.Portfolio va shunga o‘xshash loyihalar (tajriba) 20 %.

4.Ish rejasi (jadval) 10 %.

5.Moliyaviy taklif (narx): 20 %.

Takliflarni taqdim etish uchun:

Elektron pochta: gulistonmasterreja@gmail.com 

Telefon: +99867 225-63-86 +99899 471-09-78

Texnik topshiriq

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish