Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Do‘stlik” va “Ibratli” mahallalarida yangi elektr uzatish tarmoqlari qurildi

Elektr uzatish tarmoqlarini yangidan qurish, transformator punktlarining quvvatini oshirish ishlari Guliston shahrining “Do‘stlik” va “Ibratli” mahallalarida ham davom etmoqda. Mahallalar hududiga 217 dona temir beton tayanch, 1 dona transformator punkti o‘rnatilib, 11,4 km uzunlikda yangi elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Shuningdek, 24 dona transformator punkti va 32 km elektr uzatish tarmoqlari joriy va mukammal taʼmirdan chiqarildi. Bu ishlar yakunida 4 500 dan ortiq aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish