(67) 225-11-03
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Quyidagilar viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining funksional vazifalari quyidagilardan iborat:
Viloyat hokimligida ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning ijrosini tashkil etish;
Ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish;
Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida, shuningdek, ularning tizimidagi tashkilot va muassasalarda xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga, shu jumladan, “o‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha madaniy-ma’rifiy va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Geografik va boshqa toponimik ob’yektlar, madaniy meros ob’yektlariga qonun hujjatlariga muvofiq nom berilishi borasidagi faoliyatni monitoring qilish va bu borada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kirtish;
Hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmalari boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etish;
Davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish.
Maslahatchi o‘z zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda ularning tizimdagi tashkilot va muassasalarda davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari huzurida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqish hamda qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;
davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan buyruq, qaror va ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish;
davlat organlari va xo‘jalik birlashmalarida ma’naviy-ma’rifiy sohani va davlat tilini rivojlantirishga oid ishlarni samarali tashkil qilish maqsadida vaqtincha ekspert guruhlarini tuzish;
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha vujudga kelgan holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish departamentiga ma’luotnoma va takliflar kiritish;
davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;
davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari muassisligida ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalari, ularning Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini muntazam kuzatib borish, davlat tili qoidalarining buzilishi holatlari aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovasion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarga oid xalqaro so‘z va atamalarning davlat tilidagi muqobili bo‘yicha Departamentga takliflar kiritish;
ta’limning barcha bosqichlarida davlat tilini zamonaviy va innovasion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatish jarayonini tashkil etish yuzasidan Departamentga, manfaatdor vazirlik va idoralarga takliflar kiritish.
Maslahatchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(67) 225-23-69
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari bo‘yicha viloyat hokimi maslahatchisining funksional vazifalari:
hokimlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, hokimlik rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, axborot xizmatlari bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma’lumotlarni tarqatish;
muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish;
ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish uchun xabar, ma’lumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
(67) 225-07-47
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risida nizom
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi
PQ-4653-son qaroriga muvofiq viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda kotibiyat deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. - Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatini viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi apparati, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatni, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan hujjatlarda belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlarni ijrosini ta’minlash;
viloyat, shahar va tumanlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan, yalpi hududiy mahsulot, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, inflyasiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish;
iqtisodiyot masalalari bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar, qo‘mitalar, tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish, aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirish;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizasiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikasiyalashni amalga oshirish;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirishning asosiy dasturlarini, shu jumladan, sanoat, investisiya, mahalliylashtirish, qishloq xo‘jaligini barcha sohasini, ayniqsa paxta tolasini va meva-sabzavotni qayta ishlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish kabi maqsadli dasturlarni kafolatlangan moliyaviy manbalarini aniqlagan holda tuman, shahar va viloyatning mahalliy byudjeti parametrlari bilan uzviy tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlash;
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turli qatlamlari bandligi masalalarini hal etish orqali mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, respublika va mahalliy byudjetga tushumlar hajmini oshirish hisobiga mahalliy byudjet subvensiyasi hajmini bosqichma-bosqich qisqartirish va bartaraf etish;
qishloq xo‘jaligining barcha turdagi mahsulotlarini qayta ishlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbalarini yaratish, zamonaviy bank va moliya infratuzilmasini yaratish hisobiga naqd pul to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirishni yangi mexanizmi va tizimini joriy qilish;
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada ilmiy va texnologik salohiyatni, innovasion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish;
chakana va ulgurji savdoni, xizmatlar ko‘rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko‘rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, aholini iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash bo‘yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko‘rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi boshqa vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning bevosita aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qilish;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni tayyorlash va keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga kiritish;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar bo‘yicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam o‘tkazish, shuningdek tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi to‘g‘risidagi materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’yektlari orasida axborot va tushuntirish ishlarini tashkil etish;
davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikasiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’yektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza qilish samaradorligini oshirish.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda viloyatni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning birinchi o‘rinbosariga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning birinchi o‘rinbosari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
- Kotibiyat:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, shuningdek Oliy Majlis palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
- Kotibiyatning tuzilmasi
- Kotibiyat tuzilmasi kotibiyat mudiri, yetakchi va 1-toifali mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Kotibiyatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qarori bilan belgilanadi.
- Kotibiyatning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatida viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Viloyat hokimi birinchi o‘rinbosarining kotibiyati mudiri va mutaxassislari, hokimning birinchi o‘rinbosari taqdimnomasi bo‘yicha viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
- Kotibiyatning ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, kotibiyat, uning mudiri va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
- Kotibiyat faoliyati viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari faoliyatiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga uzviy yo‘naltiriladi.
- Kotibiyat mudiri:
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
- Kotibiyatning yetakchi va 1-toifali mutaxassislari:
byevosita kotibiyat mudiri rahbarligida ish olib boradi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning birinchi o‘rinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
viloyat hokimi va (yoki) uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(67) 225-80-00
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risida nizom
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda kotibiyat deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. - Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatini viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:
viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyat, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda viloyatni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosariga taqdim etadi;
ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni
ham bajaradi.
III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
- Kotibiyat:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek Oliy Majlis palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
Yoshlar siyosati sohasida:
yoshlar, ya’ni o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh fermerlar, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
oliy ta’lim yo‘nalishlari va oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ko‘rsatkichlarining hududlar bo‘yicha optimal taqsimoti yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish, bitiruvchilarni chuqur professional bilimlarga ega bo‘lishlariga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘quv jarayoni sifatini, o‘quvchi-talabalarning davomatini ta’minlash yuzasidan aniq choralarni ko‘rish va nazorat qilish, bu borada ta’lim muassasasi, mahalla, nodavlat va notijorat tashkilotlari, profilaktika inspektorlari va ota-onalarni o‘zaro hamkorlikdagi ishlarini muvofiqlashtirish;
aholi, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, “ommaviy madaniyat”ning ko‘rinishlariga qarshi ma’naviy profilaktika ishlariga rahbarlik qilish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillariga, kompyuter texnologiyalari va internet-resurslaridan foydalanishning ilg‘or ko‘nikmalariga o‘rgatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar bajarilishini nazorat qilish;
yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ularning mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda aniq va manzilli chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqish, turli to‘garaklarga, shu jumladan, bolalar musiqa va san’at, bolalar va o‘smirlar sport maktablariga qamrab olish ishlarini tizimli tashkil etish;
yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda yuksak ma’naviyatini qaror toptirish borasidagi ishlarga rahbarlik qilish;
yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar tarbiyasi masalasida jamoatchilik nazoratini tashkil etish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ota-onalarning pedagogik madaniyatini yuksaltirishga, barkamol avlod tarbiyasida “oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirishga rahbarlik qilish;
uyushmagan yoshlarning manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etuvchi davlat organlari, muassasalar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
uyushmagan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal qilish uchun ularning ehtiyojini aniqlash bo‘yicha monitoring olib borish va baholash, kasbga o‘rgatish, ishga joylashtirish, jumladan, kichik va o‘rta biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishning tizimli monitoringini tashkil etish, mehnat bozorida ularning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan maxsus dasturlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish, yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
yoshlar tadbirkorligi hamda yosh fermerlar faoliyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar tadbirkorligini tashkil etishda ko‘maklashish, imtiyozli kreditlar berish, joy ajratish, moddiy va texnik vositalar bilan ta’minlanishiga doir dasturlarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarish;
yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish, kam ta’minlangan yosh oilalarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy yordam berish choralarini ko‘rish.
Ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish, hayot va mehnat faoliyati, malakali tibbiy yordam olish, dam olishini tashkil etish uchun qulay tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o‘rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, aholiga yuqori malakali tibbiy yordamni ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar salohiyatini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish;
qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini oshirish, har bir inson va butun oila darajasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonini tashkil etish, oilalarni patronaj tizimi bilan to‘liq qamrab olish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tug‘ma va irsiy kasalliklarni oldini olish, rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya qilish sifatini oshirish, ularning jamiyat hayotida to‘laqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
aholiga tashxis qo‘yishning zamonaviy usullarini joriy etish va yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yanada kengaytirish. Jahon standartlari darajasidagi eng samarali, murakkab va yuqori texnologiyali usullarga bo‘lgan aholi ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash;
aholini dori vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli dori vositalar va tibbiy buyumlar bilan ta’minot darajasini oshirish, mahalliy farmasevtika sanoatiga investisiyalar kiritish uchun chet el yetakchi kompaniyalari va investorlarini jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida:
aholi o‘rtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining targ‘ibot va tashviqotini tashkil qilish;
aholining ma’naviy muammo va ehtiyojlarini o‘rganib borish asosida hududda ma’naviy muhit sog‘lomligini ta’minlash, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;
aholining ma’naviy-axloqiy, diniy-ma’rifiy, madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o‘sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy merosni, urf-odat va qadriyatlarni saqlash, targ‘ib qilish ishlariga rahbarlik qilish;
hududda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo totuvlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, tadbirlarni maqsadli, rejali, tartibli tashkil etish va tarbiyaviy samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
hududda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonunga hurmat, huquqbuzarlik holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirishga qaratilgan samarali targ‘ibot tizimini yo‘lga qo‘yish;
mamlakatda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, hududda tashkil etiladigan chora-tadbirlar mazmuni, samaradorligini tahlil qilish, sohalarning tizimli faoliyatini tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
- Kotibiyatning tuzilmasi
- Kotibiyat tuzilmasi kotibiyat mudiri, bosh, yetakchi va 1-toifali mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Kotibiyatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillash-tirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qarori bilan belgilanadi.
- Kotibiyatning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatida viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Viloyat hokimi o‘rinbosarining kotibiyati mudiri va mutaxassislari, hokimning o‘rinbosari taqdimnomasi bo‘yicha viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
- Kotibiyatning ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, kotibiyat, uning mudiri va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
- Kotibiyat faoliyati viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining faoliyatiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga uzviy yo‘naltirgan holda olib boriladi.
- Kotibiyat mudiri:
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
- Kotibiyatning bosh, yetakchi va 1-toifali mutaxassislari:
byevosita kotibiyat mudiri rahbarligida ish olib boradi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
viloyat hokimi va (yoki) uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(67) 235-00-04
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risida nizom
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda kotibiyat deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. - Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatini viloyat hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:
viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatni, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investisiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizasiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;
viloyat hududida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash-tirish sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo‘llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;
pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;
muhandislik va yo‘l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
transport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash;
ko‘rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholini sifatli ichimlik suv va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;
aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo‘jaligini rivojlantirish.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda viloyatni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosariga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
- Kotibiyat:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek Oliy Majlis palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
- Kotibiyatning tuzilmasi
- Kotibiyat tuzilmasi kotibiyat mudiri, bosh, yetakchi va 1-toifali mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Kotibiyatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qarori bilan belgilanadi.
- Kotibiyatning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Viloyat hokimi o‘rinbosarining kotibiyati mudiri va mutaxassislari, hokimning tegishli o‘rinbosari taqdimnomasi bo‘yicha viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
- Kotibiyatning ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, kotibiyat, uning mudiri va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
- Kotibiyat faoliyati viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga uzviy yo‘naltiriladi.
- Kotibiyat mudiri:
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
- Kotibiyatning bosh, yetakchi va 1-toifali mutaxassislari:
bevosita kotibiyat mudiri rahbarligida ish olib boradi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
viloyat hokimi va (yoki) uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(67) 235-10-13
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risida nizom
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda kotibiyat deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. - Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatini viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining o‘rinbosari ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar kotibiyatning vazifalari hisoblanadi:
viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatni, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;
dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’yektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investisiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
urug‘chilik va seleksiya ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi korxonalarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va amalga oshirish;
ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni ko‘paytirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’yektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda viloyatni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosariga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
- Kotibiyat:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek Oliy Majlis palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o‘rinbosari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
- Kotibiyatning tuzilmasi
- Kotibiyat tuzilmasi kotibiyat mudiri, bosh va 1-toifali mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Kotibiyatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimimyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qarori bilan belgilanadi.
- Kotibiyatning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatida viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Viloyat hokimi o‘rinbosarining kotibiyati mudiri va mutaxassislari, hokimning tegishli o‘rinbosar taqdimnomasi bo‘yicha viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
- Kotibiyatning ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, kotibiyat, uning mudiri va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
- Kotibiyat faoliyati viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga uzviy yo‘naltiriladi:
- Kotibiyat mudiri:
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
- Kotibiyatning bosh va 1-toifali mutaxassislari:
bevosita kotibiyat mudiri rahbarligida ish olib boradi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rga
(67) 235-02-46
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risida nizom
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investisiyalarni keng jalb qilish va innovasiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3407-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyatining (keyingi o‘rinlarda kotibiyat deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. - Kotibiyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatini viloyat hokimining Investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida amalga oshiradi.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining o‘rinbosari ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi apparati, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Kotibiyatning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq viloyatni, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
viloyat, shahar va tumanlarning hududiy rivojlantirish dasturlari ishlab chiqishni ta’minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish ob’yektlari qurish va o‘z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizasiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, hudud iqtisodiyotini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investisiya loyihalarini bajarishda ko‘maklashish;
sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha investisiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirilishini monitoring qilish;
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperasiya aloqalarini o‘rnatish hamda respublikada sanoat kooperasiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
xalqaro va xorijiy davlatlar moliya institutlari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘laridan markazlashgan investisiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Majmua tarkibidagi bosh boshqarma, boshqarma, idora va tashkilotlar rahbarlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.
Viloyat, shahar va tumanlarning makro iqtisodiy ko‘rsatkichlarini shu jumladan, investisiyalar va tashqi savdo bo‘yicha har yilgi prognoz parametrlarini asoslangan holda ishlab chiqish va uni samarali ijrosini tashkil qilish;
tarmoq va hududiy boshqaruv organlari uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, bazaviy tarmoqlarini uzviy rivojlanishi, bunda tuman, shahar va viloyat kesimida ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizasiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikasiyalashni amalga oshirish, investisiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni moliyaviy mablag‘ hamda zamonaviy texnologiyalar shaklida jalb qilish, korxonalar o‘rtasida kooperasiya aloqalarini kengaytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, yangi korxonalar, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida korxonalarni tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
iqtisodiyotda ilmiy va texnologik salohiyatni, innovasion texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifati va samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanishni tashkil etish.
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimi tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal etish hamda viloyatni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning birinchi o‘rinbosariga taqdim etadi;
sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
sanoat zonalari hamda muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga kotibiyat yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Kotibiyat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
- Kotibiyat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning birinchi o‘rinbosari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
- Kotibiyat:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, shuningdek Oliy Majlis palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
investisiyalar va tashqi savdo sohasidagi islohotlarni amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
- Kotibiyatning tuzilmasi
- Kotibiyat tuzilmasi kotibiyat mudiri, bosh va 1-toifali mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Kotibiyatning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investisiyalarni keng jalb qilish va innovasiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3407-sonliqarori bilan belgilanadi.
- Kotibiyatning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
- Kotibiyat o‘z faoliyatida viloyat hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Kotibiyati mudiri va mutaxassislari, hokimning o‘rinbosari taqdimnomasi bo‘yicha viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
- Kotibiyatning ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, kotibiyat, uning mudiri va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
- Kotibiyat faoliyati viloyat hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari faoliyatiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini ta’minlashga uzviy yo‘naltiriladi.
- Kotibiyat mudiri:
kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda kotibiyatga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek kotibiyatning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
- Kotibiyatning bosh va 1-toifali mutaxassislari:
bevosita kotibiyat mudiri rahbarligida ish olib boradi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning birinchi o‘rinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
viloyat hokimi va (yoki) uning o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Viloyat hokimining investisiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(67) 235-03-71
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
- Quyidagilar viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;
davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
“Haj” va “Umra” tadbirlarini o‘tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo‘naltirilgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g‘oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
millatlararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;
millatlararo do‘stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag‘batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini ko‘rish;
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining mintaqaviy tuzilmalari faoliyatiga ko‘maklashish;
tasarrufidagi kotibiyat va tegishli tashkilot hamda muassasalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.
- Quyidagilarning ish faoliyatini tashkil etadi:
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha hay’at;
diniy va millatlararo munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi viloyat kengashi;
qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladigan boshqa hududiy komissiyalar va kengashlar.
- Quyidagi tashkilot, muassasa va korxonalarning viloyat hokimligi bilan o‘zaro faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
O‘zbekiston Musulmonlar idorasining viloyatdagi vakilligi va viloyatdagi boshqa diniy tashkilotlar;
O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi viloyat koordinatori;
O‘zbekiston Nogironlar jamiyati viloyat bo‘limi;
O‘zbekiston Chernobilchilar assosiasiyasi viloyat bo‘limi;
O‘zbekiston “Ko‘zi ojizlar” jamiyati viloyat bo‘limi;
Jangchi faxriylar (baynalmilalchilar) birlashmasi viloyat bo‘limi;
“O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondining viloyat vakolatxonasi;
siyosiy partiyalar viloyat bo‘limlari;
O‘zbekiston Ekologik harakati viloyat bo‘limi;
“Qizil yarim oy” jamiyati;
milliy madaniy markazlar.
(67) 225-22-44
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimligining Tashkiliy-kadrlar guruhi to‘g‘risida
NIZOM
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investisiyalarni keng jalb qilish va innovasiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3407-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhining (keyingi o‘rinlarda guruh deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. - Guruh o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Guruh o‘z faoliyatini viloyat hokimi rahbarligida amalga
oshiradi. - Guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Guruhning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar guruhning vazifalari hisoblanadi:
viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
ijro intizomini mustahkamlash hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari bajarilishi holatini o‘rganish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
belgilangan tartibda viloyat hokimligi ish rejasi loyihasini shakllantirish, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etish;
boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni viloyat hokimining ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritish;
tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlash;
kelgusida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib borish;
boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qilish;
zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilish;
viloyat hokimining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlari bilan birgalikda viloyat hokimligi apparati kadrlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlash;
davlat mukofotlariga tavsiya etishga oid hujjatlarni yuritish;
tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha viloyat hokimining qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, viloyat hokimi rahbarligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O‘zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko‘rsatish;
xalq deputatlari viloyat Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash, deputatlarga ularning o‘z vakolatlarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etish va o‘tkazishda hududiy davlat organlariga ko‘maklashish.
Guruh ushbu Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
- Guruh o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
xodimlarni lavozimga tayinlashda (egallab turgan lavozimidan ozod etishda) hisobga olish hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tegishli ko‘rsatma hujjatlarni tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligi boshqaruv apparatida ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
viloyat hokimligining ish rejasiga tashkiliy-nazorat guruhi yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
Guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Guruhning huquqlari va javobgarligi
- Guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
- Guruh:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, shuningdek Oliy Majlis palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasiga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomi ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
- Guruhning tuzilmasi
- Guruh tuzilmasi guruh rahbari, ikki nafar bosh va bir yetakchi mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Guruhning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining investisiyalarni keng jalb qilish va innovasiyalarni joriy etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3407-sonli qarori bilan belgilanadi.
- Guruhning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
- Guruh o‘z faoliyatida viloyat hokimiga bo‘ysunadi.
Guruh rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishgan holda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Guruhning bosh va yetakchi mutaxassislari hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Guruh faoliyatini tashkil etish
- Guruhning ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi topshiriqlariga muvofiq tashkil etiladi.
- Guruh rahbari:
Guruhga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda guruhga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga intizomiy jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek guruhning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
- Guruh rahbari vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini guruh bosh mutaxassisi bajaradi.
- Guruhning bosh va yetakchi mutaxassislari:
byevosita guruh rahbarining rahbarligida ish olib boradi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida guruh rahbariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
viloyat hokimi tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Tashkiliy-nazorat guruhi to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(67) 235-02-77
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
(67) 225-14-47
Dushanba-juma 09:00 dan 11:00 gacha
Viloyat hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi to‘g‘risida
NIZOM
- Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq viloyat hokimligi Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhining (keyingi o‘rinlarda guruh deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, mas’uliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. - Guruh o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashining va viloyat hokimining hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
- Guruh o‘z faoliyatini viloyat hokimi rahbarligida amalga
oshiradi. - Guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishda viloyat hokimining ko‘rsatmasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, Vazirlar Mahkamasi, shaharlar va tumanlar hokimliklari, shuningdek davlatning boshqa organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
- Guruhning vazifalari va funksiyalari
- Quyidagilar guruhning vazifalari hisoblanadi:
qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha hokimlikka yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitasiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish;
huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;
huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yo‘li bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitasiya, demarkasiya va redemarkasiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migrasiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
mudofaa qudratini ta’minlash, harbiy xizmatga majbur shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish, bronga qo‘yish masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
maxfiylik rejimini va davlat sirlari hisoblanadigan xujjatlarni himoya qilishni ta’minlash;
viloyat hokimi tomonidan o‘tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha yig‘ilishlarning kun tartibi loyihalarini shakllantirish, hokimga tasdiqlatish va tegishli hujjatlarning tayyorlanishini ta’minlash;
viloyat hokimi tomonidan o‘tkaziladigan harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha yig‘ilishlarni tashkil qilish, topshiriqlarni umumlashtirish, ularning bajarilishini nazorat qilish, ularning bajarilishi va natijalari to‘g‘risida hokimni belgilangan muddatlarda xabardor qilish.
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi to‘g‘risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
- Guruh o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, hududlarning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
viloyat hokimining mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan eshitilishini tashkillashtirishda sohaga taalluqli materiallarni tayyorlaydi;
viloyat hokimligining ish rejasiga Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi yo‘nalishi bo‘yicha masalalarga doir takliflarni kiritadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimligining faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi.
Guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
III. Guruhning huquqlari va javobgarligi
- Guruh o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
zarurat bo‘lganda, hokimlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalaridan, shaharlar va tumanlar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi va viloyat hokimining hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa tashkilotlarning normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlari, viloyat hokimining hujjatlari va topshiriqlari, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bajarilishi yuzasidan ishlarini belgilangan tartibda o‘rganish.
- Guruh:
o‘ziga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, shuningdek Oliy Majlis palatalari apparatlari hamda Vazirlar Mahkamasi apparatining topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalari har tomonlama va o‘z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, viloyat hokimining ko‘rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalarning kelib chiqishi sabablari o‘z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan viloyat hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga, xalq deputatlari viloyat Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 31 maydagi «ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5132-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 12-sonli hamda 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ xujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarorlarining talablari asosida ish tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, shuningdek viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o‘z vaqtida o‘rganilishi uchun javob beradi.
- Guruhning tuzilmasi
- Guruh tuzilmasi guruh rahbari, bosh, yetakchi va 1-toifali mutaxassislardan iborat bo‘ladi.
Guruhning tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qarori bilan belgilanadi.
- Guruhning ishlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati va xodimlarning funksional vazifalari to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
- Guruh o‘z faoliyatida viloyat hokimiga bo‘ysunadi.
Guruh rahbari va mutaxassislari viloyat hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
- Guruh faoliyatini tashkil etish
- Guruhning ishlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlariga, viloyat hokimi va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, guruh, uning rahbari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
- Guruh rahbari:
guruhga bevosita rahbarlik qiladi, o‘z mutaxassislarning ishlarini tashkil qiladi hamda guruhga mazkur Nizomda belgilangan va yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat prinsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro‘yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga jazo choralari ko‘rish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi;
mutaxassislar o‘rtasida vazifalar taqsimotini, shuningdek bo‘linmaning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
viloyat hokimi yoki uning o‘rinbosari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig‘ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek guruhning ish yuritish sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan boshqa yig‘ilishlarda qatnashadi;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
- Guruhning bosh, yetakchi va 1-toifali mutaxassislari:
byevosita guruh rahbari rahbarligida ish olib boradi;
funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida guruh rahbariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi;
viloyat hokimi tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi to‘g‘risidagi nizomga va funksional vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
(67) 225-05-26
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
- Ushbu Nizom davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda - yuridik xizmat deb ataladi) qo‘yiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
- Ushbu Nizom maqsadlari uchun davlat organlari va tashkilotlari deganda, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari tushuniladi.
- Boshqa tashkilotlar uchun ushbu Nizom talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.
- Yuridik xizmat - davlat organi va tashkiloti faoliyatini huquqiy ta’minlash maqsadida qonunchilikda belgilangan me’yor va mezonlarga muvofiq majburiy tartibda tashkil etiladigan yoki joriy qilinadigan mustaqil tarkibiy tuzilma yoxud lavozim.
Yuridik xizmat bevosita davlat organi va tashkilotining rahbariga bo‘ysunadi.
- Yuridik xizmat yuridik departament, yuridik boshqarma, yuridik bo‘lim, yuridik byuro shaklida tashkil qilinishi yoxud bitta shtatdan iborat bosh yuriskonsult, yetakchi yuriskonsult, katta yuriskonsult yoki yuriskonsultdan iborat bo‘lishi mumkin.
Yuridik xizmatning mavjud shtat birliklarini qisqartirishga va ularni davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalariga qayta taqsimlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
- Yuridik xizmat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiva qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
- Yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.
Yuridik xizmat boshlig‘i lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan, shuningdek, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi;
Yuridik xizmat xodimi lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslar belgilangan tartibda adliya organlarida stajirovkadan o‘tadilar.
Adliya organlarida stajirovkadan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
- Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy darajadagi davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
- Davlat organi va tashkilotida yuriskonsult yordamchisi lavozimi joriy etilishi mumkin.
Yuriskonsult yordamchisi lavozimida oliy yoki o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs, shuningdek, oliy ta’lim muassasasining «Yurisprudensiya» mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat bosqichining bitiruvchi kursi talabasi yoki magistrant ishlashi mumkin.
- Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar yuridik xizmat xodimi va yuriskonsult yordamchisi lavozimida ishlashi mumkin emas.
- Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati xodimlariga martaba darajalari beriladi hamda ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanadi.
- Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatining xodimi sifatidagi mehnat staji boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlariga o‘tganda martaba darajalari va ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalarni to‘lash uchun mo‘ljallangan mehnat staji hisobiga olinadi.
- Davlat organi va tashkiloti yuridik xizmatlari xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marta malakasini oshiradi hamda har uch yilda bir marta attestasiyadan o‘tadilar.
- Davlat organlari va tashkilotlarida har yili mazkur davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikka rioya etilishi ahvoli to‘g‘risidagi yuridik xizmatning hisoboti eshitiladi.
2-bob. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalari
- Quyidagilar yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
davlat organi va tashkilotining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash.
- Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) davlat organlari va tashkilotlarining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish sohasida:
- a) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
- b) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
- v) jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;
- g) mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining buyruqlari, farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
- d) davlat organi va tashkilotida, shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
- ye) davlat organi va tashkilotining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
- j) davlat organi va tashkilotida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- z) davlat organi va tashkilotida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
- i) davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etadi;
- k) davlat organi va tashkiloti xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;
2) davlat organi va tashkiloti tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish, shuningdek davlat organi va tashkilotining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida uning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish sohasida:
- a) davlat organi va tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
- b) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- v) davlat organi va tashkilotining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqadi yoxud ularni ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va davlat ro‘yxatiga olish uchun yuborishda ishtirok etadi;
- g) ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
- d) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
- ye) tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;
- j) davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- z) davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan va o‘zi tomonidan chiqarilgan hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlaydi;
- i) davlat organi va tashkilotining normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;
- k) davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlari to‘plamlarini nashr etishga tayyorlaydi;
- l) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, kelishilgan hamkorlikni ta’minlaydi;
- m) davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatadi, yuridik xizmat faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;
3) davlat organi va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazish sohasida:
- a) davlat organi va tashkiloti rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
- b) davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;
- v) davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;
- g) zudlik bilan davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritadi;
- d) davlat organi va tashkiloti xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
- ye) qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlarni, sud amaliyotini, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarga yetkazadi;
4) shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlash sohasida:
- a) davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;
- b) boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
- v) shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
- g) davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
- d) davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
- ye) tegishli tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotining debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini kamaytirish choralarini ko‘radi;
- j) shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;
- z) davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;
- i) mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
- k) boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;
- l) moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi.
Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
- Yuridik xizmat va uning xodimlariga ushbu Nizomda yoki boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3-bob. Yuridik xizmatning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
- Yuridik xizmat quyidagi huquqlarga ega:
davlat organi va tashkilotiga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning mansabdor shaxslaridan yuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
rahbariyat tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig‘ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;
rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki tegishli tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa tuzilmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlanishida ishtirok etish;
davlat organi va tashkiloti tizimiga kiradigan tuzilmalarda davlat organi va tashkiloti vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o‘rganish;
davlat organi va tashkiloti, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarning qonun hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda yoki davlat organi va tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan huquqiy xulosalar berish;
talabnoma-davo tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofot olish.
Yuridik xizmat qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Yuridik xizmat:
unga ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi;
davlat organi va tashkilotida, shuningdek uning tizimiga kiradigan tuzilmalarda qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestasiyadan o‘tishi shart.
Yuridik xizmat xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
- Yuridik xizmat o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
Yuridik xizmat xodimi o‘z majburiyatlari va funksiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
4-bob. Ushbu Nizomning bajarilishini nazorat qilish
- Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya organlari o‘z vakolatlari doirasida ushbu Nizom va yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablarining yuridik xizmat xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan buzilishining aniqlangan holatlarini bartaraf etishga, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortishga yo‘naltirilgan choralarni ko‘radi.
Adliya organlari yuridik xizmat faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan so‘rab olish huquqiga ega.
- Adliya organlari davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi, yuridik xizmatlarga ko‘rsatmalar beradi, shuningdek yo‘l qo‘yilgan aniqlangan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatadi.
- Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Yuridik xizmat boshlig‘i:
Viloyat hokimligi apparatida yuridik xizmat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida tashkil etadi.
Yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan qaror hamda viloyat hokimligining tashabbusi asosida tayyorlanib, viloyat hokimiga imzo uchun taqdim qilinadigan qaror loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
viloyat hokimligining huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etadi;
viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib boradi;
viloyat hokimligining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida kotibiyat va guruhlar ishini muvofiqlashtiradi;
shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi;
viloyat hokimligi, shuningdek tegishli tuzilmalarda qonun buzilishlarini, ularning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi, ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga ta’sir etadigan davlat organlari va tashkilotlarining qarorlari yuzasidan xulosalar beradi;
mustaqil ravishda yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda viloyat hokimining qaror va farmoyishlari, shartnomalari va yuridik tusdagi boshqa hujjatlarini ishlab chiqish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;
viloyat hokimligida shuningdek tegishli tuzilmalarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va rahbariyatga kiritadi;
viloyat hokimligining boshqa tuzilmalari bilan birgalikda davlat organi, tegishli tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikning buzilishi ko‘rsatilgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi;
viloyat hokimligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, davlat organi tizimiga kiradigan tuzilmalar va ularning mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat organi va tashkiloti rahbariyatiga davlat organi va tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashning ahvoli yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;
davlat organi va tashkilotining norma ijodkorligi faoliyatining joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida, amalga oshirilishi va bajarilishini nazorat qilishda ishtirok etadi;
viloyat hokimligi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoxud ishlab chiqishda ishtirok etadi;
ekspertizadan o‘tkazish yoki kelishish uchun taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini mustaqil yoki boshqa tuzilmalar bilan birgalikda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, ularning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga, havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi, shuningdek ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarning mavjud emasligi yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlaydi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
tizimli ravishda davlat organi va tashkilotining tegishli soha faoliyatidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning ularda korrupsiyaga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashga qaratilgan tahlilni o‘tkazadi;
viloyat hokimligi rahbariyati uchun qonunchilik masalalari bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
viloyat hokimligi va uning tizimiga kiradigan tuzilmalar xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritadi, ushbu tadbirlarni o‘tkazishda ishtirok etadi;
davlat organi va tashkiloti axborot xizmatiga davlat organi va tashkiloti veb-saytiga joylashtirish maqsadida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar kiritadi;
boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkilotida mulkning talon-toroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi, mulkning talon-toroj qilinishi va kamomad holatlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun rasmiylashtiradi;
moddiy boyliklar va pul mablag‘larini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar aniqlangan auditorlik tekshiruvlari va xatlovdan o‘tkazish dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi hamda Davlat organi va tashkilotining yuridik xizmati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Yuridik xizmat bosh yuriskonsulti
Viloyat hokimiga imzo uchun taqdim etiladigan yer masalalariga oid qarorlar, viloyat hokimining farmoyishlari hamda viloyat hokimligining safarga oid buyruqlari loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi hamda ular bo‘yicha e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, imzo qo‘yish uchun xizmat boshlig‘iga taqdim etadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organi va tashkilotining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
davlat organlari va tashkiloti xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etadi;
viloyat hokimligida mehnat haqidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashda, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa bitimi va boshqalarni) ishlab chiqishda ishtirok etadi, ushbu hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
hokimlik apparati xodimlarining kasaba uyushmalari va boshqa vakillik organlariga vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam ko‘rsatadi;
davlat organi va tashkiloti faoliyati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
viloyat hokimligida normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan talablarga muvofiq yuritadi, ularning saqlanishini va nazorat holatida bo‘lishini ta’minlaydi;
hokimlikning normativ-huquqiy hujjatlar fondini to‘ldirish, shu jumladan fondni kodekslar, qonunlar, sharhlar, axborotnomalar va boshqa huquqiy nashrlar bilan butlash choralarini ko‘radi, ishlar boshqarmasiga huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida takliflar kiritadi;
viloyat hokimligi faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi;
hokimlik apparati xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishga ko‘maklashadi, zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek fuqarolar bilan nizolar vujudga kelganda, mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘radi;
boshqa tuzilmalar bilan birgalikda davlat organi va tashkiloti tomonidan shartnomalarni tayyorlash va tuzish ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi hamda shartnomalar loyihalariga, agar e’tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik xizmat tomonidan davlat organining boshqa tarkibiy tuzilmalaridan (xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi;
shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
davlat organi va tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnomalarni zarur darajada bajarish bo‘yicha takliflar kiritadi, shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat organi va tashkilotining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va davlat organi va tashkilotiga nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, davlat organi va tashkilotida talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da’vo ishlarini olib boradi;
davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida ishtirok etadi;
mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
yuridik xizmatga yo‘llangan tegishli ariza va shikoyatlarga javob xatlari tayyorlaydi;
fuqarolarni qabul qiladi, ularga tegishli huquqiy maslahatlar beradi hamda viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari hamda yuridik xizmat boshlig‘ining o‘z vakolati doirasida bergan boshqa topshiriqlari ijrosini ta’minlaydi.
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %