Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Tuman (shahar) hokimligi funktsiyalari, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari

Tuman (shahar) hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risida
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o‘rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, masʼuliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funksiyalari

3. Ushbu Nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-sonli qaroriga muvofiq tuman hokimligi boshqaruv apparatining (keyingi o‘rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funksiyalari, huquqlari, masʼuliyatini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

4. Boshqaruv apparati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari tuman Kengashining va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

5. Boshqaruv apparati o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmatlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining apparati, hokim va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bo‘yicha tegishli tahliliy, maʼlumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi va tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga, Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan, shuningdek xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini taʼminlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini taʼminlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;

muammoli masalalarni hal etish hamda viloyatni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokimga va uning o‘rinbosarlariga taqdim etadi;

iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishi bo‘yicha tegishli tizimlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;

xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari, viloyatning faollari yig‘ilishlari, hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini taʼminlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning komissiyalari va boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; hokimning mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim va dolzarb masalalari bo‘yicha hisoboti xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan eshitilishini tashkil qiladi; hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqadi;

maxfiylik rejimini, davlat sirlari bo‘lgan maʼlumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning himoya qilinishini taʼminlaydi;

xalq deputatlari tuman Kengashi va hokimlikning faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor qilishni tashkil etadi. Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.

6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:

hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institutsional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni, tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;

tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni taʼminlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini taʼminlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining masʼuliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni taʼminlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;

hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshliini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish;

qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yana-da chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish;

aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yana-da oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;

qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;

rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;

normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli taʼsirini kompleks baholash.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish