Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Reglament

Ish vaqti: haftaning dushanba-juma kunlari, 9:00 dan 18:00gacha

Sirdaryo viloyati hokimligining “Murojaatlarni 67 225-29-82 raqamli ishonch telefoni telefoni orqali qabul qilish”
REGLAMENTI

1. Xizmatni yoritish (pasport)

1.1. Xizmat nomlanishi

Murojaatlarni 67 225-29-82 raqamli “ishonch telefoni” orqali qabul qilish.

1.2. Xizmat natijasi

Hokimlikka kelib tushgan murojaatlarning o‘z vaqtida, to‘liq va qonun talablariga qat’iy rioya etgan holda ko‘rib chiqilishini tashkil etish va nazorat qilish, bu borada tezkor axborot almashinuvini ta’minlash orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash.

1.3. Xizmat ko‘rsatish organi

Sirdaryo viloyati hokimligi

1.4. Huquqiy asos

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-sonli Qonuni.

1.5. Xizmatdan foydalanuvchi

O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy va yuridik shaxslari yoki ularning qonuniy vakillari.

1.6. Ijro muddati

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonundan kelib chiqib, murojaat masalasini hal etish shart ekanligidan kelib chiqib, tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari rahbar tomonidan istisno tariqasida asoslantirilgan bildirgi orqali ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

Taklif kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.

2. Xizmat foydalanuvchilariga ma’lumot berish

2.1. Ma’lumot hajmi va tarkibi:

Sohaviy xizmatlar bo‘yicha ko‘rib chiqilgan murojaatlar bo‘yicha yakuniy javob xatida murojaatda keltirilgan masalaning yechimi yuzasidan aniq ma’lumotlar bayoni etiladi.

2.2. Batafsil ma’lumot berish

Bir shaxsning aynan bir masala bo‘yicha oldingi murojaatiga javob berilmayotganligi haqidagi murojaati agar uni qonunda belgilangan ko‘rib chiqish muddati o‘tmagan bo‘lsa bu haqda muallifga tushuntiriladi

2.3. Murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat berish

Hokimlik xodimlari tomonidan murojaat mualliflariga huquqiy maslahat berilishi taqiqlanadi

3. Xizmat ko‘rsatish

3.1. Ish vaqti

Murojaatlar “Ishonch telefoni” orqali 24 soat davomida uzluksiz qabul qilinadi

4. Xizmat ko‘rsatish tartibi

4.1. Xizmat ko‘rsatish uchun undiriladigan haq

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish xizmati – bepul.

4.2. Rad etish asoslari

Muallif tomonidan shaxsiga oid ma’lumotlar berilmagan taqdirda, unga O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan murojaati ko‘rib chiqilmasligi tushuntiriladi

5. Sifatni ta’minlash

5.1. Sifat ko‘rsatkichlari

Jismoniy va yuridik shaxslarning kelib tushgan murojaatlarini amalga oshirishlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini samarali ta’minlash

5.2. Sifatsiz xizmatdan shikoyat etish

Ko‘rsatilgan xizmatdan qoniqish hosil qilmaganida, jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish