“«Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
-
“«Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) operativ boshqaruv huquqi bilan unga berilgan davlat mulki bo‘lgan mulk bazasida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u o‘ziga biriktirilgan mulkka nisbatan, qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirig‘i bilan — u tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga va mol-mulkning belgilangan maqsadiga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
-
Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
-
Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
-
Direksiyaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — “«Sirdaryo” erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi» Davlat unitar korxonasi;
qisqartirilgan nomi — “«Sirdaryo” EIZ Direktsiyasi» DUK;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye «Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Sirdaryo”»;
qisqartirilgan nomi — GUP «Direksiya SEZ “Sirdaryo”»;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi – «Directorate of free economic zone “Sirdarya”» State Unitary Company;
qisqartirilgan nomi – «Directorate of FEZ “Sirdarya”» SUC.
-
Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 98-uy.
-
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi o‘rinlarda Muassis deb ataladi) hisoblanadi.
-
Direksiya o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
-
Direksiya Muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda qatnashchi (aksiyador, aʼzo) bo‘lishi mumkin.
-
Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
2-bob. Direksiya faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari
-
“Sirdaryo-farm” va “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonalari (keyingi o‘rinlarda “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ deb ataladi) faoliyatini, shu jumladan, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ ni rivojlantirish davlat dasturlarining to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yo‘li bilan tezkor boshqarish, shuningdek “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududidagi xo‘jalik faoliyati qatnashchilariga (“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari» deb ataladi) xizmatlar ko‘rsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni bajarishdan (xizmatlar ko‘rsatishdan) foyda olish Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
-
Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning reyestrini yuritish, ularga tegishli guvohnomalar berish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari hisoblanmaydigan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar bilan Sirdaryo viloyatining erkin iqtisodiy zonalari va kichik sanoat zonalari Maʼmuriy kengashi (keyingi o‘rinlarda Maʼmuriy kengash deb ataladi) qarorlariga muvofiq “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida investitsiya kiritish to‘g‘risida bitimlar, “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilari bilan davlat mulki bo‘lgan faoliyat ko‘rsatmayotgan tashkilotlarni va mol-mulkni nolga teng xarid qiymati bo‘yicha sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
belgilangan tartibda tanlangan investorlar tomonidan o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik uning natijalarini Maʼmuriy kengashga taqdim etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ hududida farmatsevtika mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarni qidirish va jalb etish;
ishlab chiqilgan “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ bosh rejasi va Maʼmuriy kengash qarorlari bilan maʼqullangan investitsiya loyihalarini joylashtirish;
dorivor o‘simliklarning sanoat plantatsiyalari tashkil etilishida ishtirok etish, keyinchalik dori vositalari chuqur qayta ishlanishi va ishlab chiqarilishini tashkil etish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida joylashgan davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini Direksiyaga berilgan vakolatlar doirasida boshqarish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tashkilotlarni ishga tushirish va ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kirish yo‘llari va boshqalar) bilan taʼminlash bilan bog‘liq masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ qatnashchilariga, shu jumladan davlat organlarida ularning manfaatlarini ifodalash yo‘li bilan xizmatlar ko‘rsatish;
Maʼmuriy kengash vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha uning majlislarida ko‘rib chiqish uchun materiallar tayyorlash;
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ faoliyatini operativ boshqarish bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Qonun hujjatlarida ushbu Ustavda nazarda tutilgan tegishli faoliyat turining litsenziyalanishi zarurligi belgilangan taqdirda, Direksiya faoliyatning ushbu turini litsenziya olmasdan, tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida amalga oshirishga haqlidir.
-
Direksiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
-
Direksiya Muassisga va Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi) hisobot beradi.
-
Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish to‘g‘risida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
-
Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ mustaqil byudjeti va “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
-
Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Sirdaryo-farm” EIZni va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
-
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
-
Direksiya Muassisga va Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda Respublika kengashi deb ataladi) hisobot beradi.
-
Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Direksiya faoliyatining maqsadi va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiya Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Direksiyaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va tasarruf etish;
Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
Direksiya mulki bilan amalga oshirilgan bitimlarni haqqoniy emas deb eʼtirof etish to‘g‘risida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish;
Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida daʼvo taqdim etish;
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
mehnatga oid qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish.
Muassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
-
Respublika kengashi Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
“Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ mustaqil byudjeti va “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Maʼmuriy kengash tomonidan amalga oshiriladi.
-
Respublika kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Direksiyaning “Sirdaryo-farm” EIZni va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish bo‘yicha faoliyati strategik vazifalari va yo‘nalishlarini belgilash;
Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini har chorakda o‘rganishni tashkil qilish;
har chorakda Direksiya faoliyati haqidagi hisobotni eshitish;
Muassis nomidan Direksiya direktorini yollash haqida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish va bekor qilish;
Direksiya boshqaruvi apparatining tuzilmasini maʼqullash;
Direksiyaning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
-
Maʼmuriy kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun Direksiya faoliyatiga taalluqli hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega. Olingan hujjatlardan Maʼmuriy kengash tomonidan faqat xizmat maqsadlarida foydalaniladi.
-
Direksiyaning joriy faoliyatiga rahbarlikni Respublika kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor amalga oshiradi.
-
Direktor ijro etuvchi organ hisoblanadi.
-
Direktor:
qonun hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va joriy etadi;
“Sirdaryo-farm” EIZni va “Sirdaryo” EIZni rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirishga, boshqarishning eng yangi usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiya nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va amal qilishini to‘xtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Direksiyaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Direksiyaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Direksiya tomonidan qonun hujjatlariga rioya qilinishini tashkil etish va nazorat qilishni taʼminlaydi;
Direksiyaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
-
Direktor Muassis va Respublika kengashi oldida Direksiya faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot beradi.
-
Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini ko‘zlagan holda harakat qilishi lozim hamda byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan to‘lovlarning qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlarga mablag‘lar o‘tkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yo‘qotilgan taqdirda, yetkazilgan zarar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
-
Direktor “Sirdaryo-farm” EIZning va “Sirdaryo” EIZning Maʼmuriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil byudjet mablag‘larining tasarruf etuvchisi hisoblanadi hamda “Sirdaryo-farm” EIZning va “Sirdaryo” EIZning mustaqil byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadi.
-
Direktor o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
-
Direksiyaning ustav fondi “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ faoliyatini operativ boshqarishni amalga oshirish uchun Muassis tomonidan o‘ziga berilgan mablag‘lar, mol-mulk va boshqa aktivlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
-
Direksiya ustav fondining miqdori 300 mln so‘mni tashkil qiladi.
5-bob. Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish tartibi
-
Direksiyaning ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
-
Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan birkitilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
-
Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
-
Respublika kengashi Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek o‘zgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
-
Direktor Muassis bilan kelishgan holda Direksiya mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga berish yoki garovga qo‘yish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish (boshqa davlat korxonalari bundan mustasno);
davlat korxonasi faoliyati maqsadlariga muvofiq mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
7-bob. Daromadlarni shakllantirish tartibi
-
Direksiya daromadi:
xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
davlat mulki bo‘lgan va “Sirdaryo-farm” EIZ va “Sirdaryo” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan tushumlarning bir qismi;
Respublika kengashi tomonidan belgilangan miqdorda EIZ qatnashchilari ajratmalari;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli yilga Investitsiya dasturida belgilangan maqsadli byudjet mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
-
Direksiya o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirilishi tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
-
Direksiyada qoladigan sof foyda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va muassisga ajratmalar to‘langandan keyin korxona tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi.
-
Muassis o‘z qarori bilan o‘zga yuridik va jismoniy shaxslarga xayriya maqsadlari uchun yo‘naltiriladigan pul mablag‘larining cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
-
Direksiyaning xo‘jalik faoliyati natijasida ko‘rilgan zararlarini qoplash ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
-
Direksiya hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi..
-
Direksiyaning xo‘jalik subyekti sifatidagi faoliyatini nazorat qilish Respublika kengashi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
-
Direktor har chorakda Direksiya faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida Respublika kengashiga hisobot beradi.
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
-
Direksiya o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javob beradi.
-
Direksiya Muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
-
Direksiya Muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
-
Direksiyani tugatish huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda Direksiya faoliyatining to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi.
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
-
-
4 650,6 mlrd so‘m, 105,8 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
2 745,2 mlrd so‘m, 60,0 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
917,943 kishi, 101,9 %
2024 yilning aprel oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
697,3 mlrd so‘m, 105,5 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
1 156,6 mlrd so‘m, 105,1 %
2024 yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
Yangi 520 ta, 78,4 %
2024-yilning yanvar–mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi