Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 20

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o’qitish sohasidagi o’quv kurslarini tashkil qilish faoliyatini litsenziyalash

Xizmat haqida

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o’qitish sohasidagi o’quv kurslarini tashkil qilish foaliyatiga litsenziya olish


Xizmatning sohaga tegishliligi

Litsenziyalash va ruxsat beruvchi hujjatlar


Xizmatdan foydalanuvchining toifasi

Yuridik shaxslar uchun.


Bog`lanish

Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, O’zbekiston shox ko’chasi 1-uy

Tel: (0367) 225-44-25

Faks: (0367) 225-44-25


Xizmat reglamenti

Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o’qitish sohasidagi o’quv kurslarini tashkil qilish foaliyatiga litsenziya olish (PDF 833KB)

Xizmatni ko`rsatish uchun kerak bo`ladigan hujjatlar

  • Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joyi manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi xisob raqami, litsenziyalashtirilayotgan faoliyat turi hamda chet tillarini o’qitish yo’nalishlari ro’yxati;
  • Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
  • Faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligini, shuningdek mazkur binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;
  • Nodavlat ta`lim muassasasi ustavining nusxasi;
  • O`quv rejalari dasturlari;
  • Сhet tillarga o‘qitgan hollarda pedagogik kadrlar to‘g‘risida ma’lumot (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tillarni bilish darajasi ko’rsatilgan davlat sertifikati hamda ma’lumoti to’g’risidagi hujjatning nusxasi);
  • O’quv jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddiy vositalarning (yoki ularni moliyalashtirishning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Xizmatni ko`rsatishning huquqiy asosi

  • O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi 71-II -son bilan ro’yxatdan o’tgan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tog’risida”gi qonuni
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida”gi PQ-1875-son qarori
  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 iyundagi “Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarga o’qitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlar tog’risida”gi 169-son qarori

Xizmat narxi va to`lash tartibi

  • Arizani ko’rib chiqish yig’imi – Eng kam oylik ish xaqining 2 (ikki) barobari
  • Yig’im – Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchining litsenziya olishga bergan arizasini ko’rib chiqish uchun to’lagan to’lov miqdorining yarmi barobari
  • Yig’im – Litsenziyani qayta tiklangan nusxasini berish uchun ariza beruvchining litsenziya olishga bergan arizasini ko’rib chiqish uchun to’lagan to’lov miqdorining yarmi barobari undiriladi
  • Davlat boji – Litsenziya berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun-eng kam oylik ish xaqining 10 (o’n) barobari

Xizmatni ko`rsatish muddati

30 ish kuni

Natijani olish usullari

  • Tashrif (shaxsiy, ishonchli vakil)
  • An’anaviy pochta xizmati
  • Electron pochta

Xizmat natijasi

Litsenziya


Rad etish sabablari

Tegishli hujjatlar taqdim etilmagan va qo’yilmagan talablarga javob bermagan hollarda, jumladan:

–          qayd etilgan barcha hujjatlar to’liq bo’lmaganda;

–          arizachi talab etilgan qonun-qoidalarga rozi bo’lmaganda;

–          talab etilgan formalar noto’g’ri to’ldirilganda;


Shikoyat arizasi berish tartibi

Ruxsat beruvchi organ mansabdor shaxsining hatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.

1 120

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyun 2019
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« May    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×