Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 16

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

YOSHLAR – MAMLAKAT KELAJAGINI HAL QILUVCHI KUCH

19 Aprel, 2017
299

Mamlakatimizda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni chuqur egallagan, mustaqil fikrlaydigan, o‘z ona yurtiga mehr va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan, hech kimdan kam bo‘lmaydigan, hal qiluvchi kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan yangi avlodni tarbiyalash masalasiga keng e’tibor qaratilgan. Bugun o‘g‘il-qizlarning jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lishi yo‘lida ularning manfaatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator qonunlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar yosh avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilyapti. Bir so‘z bilan aytganda, bugun mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga etkazish masalasiga davlat siyosati darajasida keng ahamiyat berilmoqda.

Buni davlatimiz rahbari muhtaram Shavkat Mirziyoyevning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi VIII s’ezdidagi, mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi va nutqlarida xususan – aholi bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari, shuningdek, uyushmagan yoshlarni ishga joylashtirishga doir aytgan so‘zlari  misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Aytish kerakki, bugun sohada olib borilayotgan qator islohotlar, keng ko‘lamli sa’y-haraktlar zamirida ham, albatta, yoshlarga  ko‘rsatilayotgan, yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklarga guvoh bo‘lamiz. Zero, yoshlar – mamlakat taqdirini, uning ertangi kelajagini hal qiluvchi asosiy kuchdir.

Shu maqsadda  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi  viloyat Kengashi tomonidan Sirdaryo tumanida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari va uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga qiziqishini kuchaytirish, ularga o‘zlari tanlagan, qiziqqan yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud muammolarni mutasaddi tashkilotlar yordamida joyida hal etishga qaratilgan “Vatanimizning kelajagi uchun javobgarmiz!” shiori ostida “Yosh mulkdor – yurt tayanchi” hamda “Diplom bilan biznesga” loyihalari doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-trening 2-bosqichda tashkil etildi. Dastlabki bosqichda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bitiruvchilar va uyushmagan yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi, tuman prokuraturasi, xalq deputatlari viloyat hamda tuman kengashlaridagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, tijorat banklari, soliq, “yagona darcha” markazi, fermerlar kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, tuman veterinariya bo‘limi vakillari tomonidan  biznes-reja tuzish, belgilangan tartibda davlat idoralaridan ro‘yxatdan o‘tish, kredit ajratish, soliq to‘lovlari bo‘yicha engilliklar yaratish, tadbirkorlik sohasi bo‘yicha xuquqiy maslahatlar berish, tadbirkorlik faoliyatida uchraydigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan keng qamrovli nazariy tushunchalar berildi.

Tadbir davomida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan 10 nafar ishtirokchilarning biznes loyihalari munosib deb topilib, tijorat banklari ishtirokida kredit shartnomalari imzolandi.

Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar tumandagi bir qator tadbirkorlik sub’ektlari, fermer xo‘jaliklari va issiqxonalarga tashrif buyurib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Dastlab ishtirokchilarga viloyatda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan “Sirdaryo momiq quyonlari” agrofirmasi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma doirasida naslli quyonchilik borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.

Qayd etilganidek, quyonchilik – chorvachilik tarmoqlari ichida serdaromad soha bo‘lib, o‘zining tez etiluvchan, sermahsul ekanligi bilan boshqa sohalardan ajralib turadi. Bugungi kunda kollejlarni bitirayotgan har bir yosh xonadonlarida quyonchilik bilan shug‘ullanishlari va oilaviy kichik tadbirkorlikni boshlab, katta daromad olishlari mumkinligi aytib o‘tildi. Zero, quyonchilik etti xazinaning biridir.

Amaliy uchrashuv davomida ishtirokchilar tumandagi “Furqat” mahallasidagi xonadonda bo‘lib, bu erdagi tomorqada tashkil etilgan issiqxona va u erda ekinlarni etishtirish usullari hamda agrotexnikasi bilan tanishdilar.

Ishtirokchilarga tomorqada issiqxona qurish tartibi va ulardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yoshlar “Naslli kumush kurka” fermer xo‘jaligida bo‘lib, bugungi kunda echkichilik chorva faoliyati bilan shug‘ullangan holda sifatli sut mahsuloti olish tajribasi bilan o‘rtoqlashishdi. Fermer xo‘jaligi rahbari Feruza Nishonova o‘zining ushbu sohaga kirib kelishi, bugungi kunda naslli echkilar zotini ko‘paytirish va rivojlantirish loyihalari to‘g‘risida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi.

Tadbir doirasida tumanda faoliyat olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Shavkat Muhammadjonovning ishlab chiqarish faoliyati bilan atroflicha tanishildi. Muloqot davomida tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi Elbek Shukurov tomonidan “Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshligini oshirish va eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari” mavzusida suhbat o‘tkazildi.

 

Husan JABBOROV

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Murojaatlar statistikasi

2017 yil 4 chorak

2017 yil yillik

Videolavha
 
Yanvar 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Dek    
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031  


© 2010-2016 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×