Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 2

Saytimizga baho bering

Ovoz natijalari

Loading ... Loading ...

XALQ DEPUTATLARI SIRDARYO VILOYATI KENGASHINING 18 – SESSIYASI TO‘G‘RISIDA AXBOROT

15 Mart, 2016
704

         2016 yil 13 mart kuni xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining   18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

         Sessiyada viloyat Kengashi deputatlari, tuman va shahar hokimlari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, viloyat tashkilotlari va boshqarmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

         Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. M.Mirziyoev qatnashdi va so‘zga chiqdi.

         Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil                   22 fevraldagi “Hududlarni kompleks rivojlashtirishni ta’minlashda mahalliy davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2495-sonli hamda 2016 yil          24 fevralda “Hududiy davlat boshqaruvi organlarining tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2497-sonli qarorlariga muvofiq viloyat hokimligi tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlar munosabati bilan tashkiliy masalalarni muhokama qildilar.

         Shuningdek, sessiyada “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi  masala ham muhokama qilindi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi qarori bilan Ismatullaev Sherzod Shuxratullaevich viloyat hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo‘yicha hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Mirzakulov Botir Kazakbaevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga, Tolipov Ulug‘bek Abdusolievich viloyat hokimligining viloyatni kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ma boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tasdiqlandi.

So‘zga chiqqan Faxriylarni ijtimoiy muhofaza qilish “Nuroniy” jamg‘armasi Xovos tumani bo‘limi raisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi            J. Suyunov barcha sirdaryoliklar nomidan muhtaram YUrtboshimizga tashakkur bildirib, shukronalik bilan yashayotgan nuroniylar, faollar, ziyolilar yoshlar tarbiyasiga, mahalladagi tinchlik-totuvlik barqarorligiga juda katta mas’uliyat bilan yondashishlari zarurligini bayon qildi.

Shuningdek, sessiyada joriy yil may-iyun oylarida fuqaro yig‘inlari raislari va maslahatchilari saylovi o‘tkazilishi munosabati bilan xalq deputatlari viloyat Kengashining  chora-tadbirlari rejasi hamda saylovni o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibi tuzildi.

Mazkur masala yuzasidan 27-Iqbol saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati O‘. Norbo‘taev, Faxriylarni qo‘llab-quvvatlash respublika “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sh.Usmonov so‘zga chiqdilar.

Xalq deputatlari viloyat Kengashining fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi vazifasiga viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi, deputat K.Akbutaev saylandi.

Shu bilan sessiya o‘z ishini yakunladi.

Ortiq SULTONOV.

Viloyat hokimligi axborot xizmati

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Iyul 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Iyun    
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031  


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×