Ob-havo: Guliston

Hozir saytda 6

Davlat muassasalari bilan muloqat qilish maqsadida internet xizmatlaridan foydalanganmisiz?
  • Xa, va ko'p marotaba (100%, 5 ta)
  • Yo'q, yoki aytarli natijaga ega bo'lmaganman (0%, 0 ta)
  • Shaxsan muassasaning o'ziga murojaat etganman (0%, 0 ta)
  • Bu xizmatlardan boxabar emasman (0%, 0 ta)

Barcha ovoz berganlar: 5

Loading ... Loading ...

Viloyat hokimining 2013 yil 8 mart – xotin-qizlar bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda so‘zlagan nutqi

Sirdaryo viloyati hokimi

Oybek ASHURMATOVning

8 mart –  Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “NAVRO‘Z” to‘yxonasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda so‘zlagan

NUTQI

 Guliston shahri       2013 yil 7 mart

 Assalomu alaykum,  aziz va  muhtarama ayollar!

Hurmatli mehmonlar!

 

Mana shu ilk bahor kunlarida barchamiz sog‘inib, orziqib kutayotgan 8 mart  – Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan   siz, aziz va munis onalarimiz, qadrdon  opa-singillarimiz, suyukli qizla-rimizni o‘z nomimdan, barcha sirdaryoliklar nomidan samimiy tabriklayman, barcha ezgu tilaklarimni bildiraman.

Istiqlol yillarida yurtimiz-da amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar doirasida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini yuksalti-rishga, ularning intellektual va ma’naviy rivojlanishi, bilim hamda zamonaviy kasblarni egallashi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotda faol ishtirok etishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, faqat har tomonlama bilimga ega bo‘lgan, oila va jamiyat oldidagi yuksak mas’uliyatli va burchini chuqur anglaydigan, o‘zining xayrli ishlari bilan Vatan ravnaqiga hissa qo‘shishga intiladigan xotin-qizlargina  buyuk ajdodla-rimizning munosib vorislari bo‘la oladigan, yangi hayotni barpo etish bo‘yicha  oldimizda turgan eng muhim vazifalarni amalga oshirishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga etkazishi mumkin.

YAqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston xotin-qizlarining respublika anjumani munosabati bilan muhtaram YUrtboshimiz Islom Karimovning O‘zbekiston ayollari-ga yo‘llagan tabrigidagi “O‘zbekistonimiz erishgan va dunyo hamjamiyati tan olayotgan marralarni egallash yo‘lida butun xalqimiz qatori ayollarimizning hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan hissasi borligini bugun yana bir bor chuqur minnatdorchilik bilan e’tirof etishni zarur deb bilaman”, degan so‘zlari shu muqaddas zaminda yashayotgan, mehnat qilayotgan, farzand tarbiyalayotgan har bir ayolda yuksak e’tibordan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otgani shubhasiz.

CHindan ham jamiyatimizni  demokratik yangilash, iqtiso-diyotimizda jadal sur’atda olib borilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, xalqimizning turmush darajasini ko‘tarish, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat sohalarini rivojlantirish va umuman, jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida aziz va mukarram ayollarimizning qo‘shayotgan hissa-larini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

Viloyatimiz aholisining 52 foizini ayollar tashkil qiladi. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi dasturga muvofiq,  2012 yilda 15284 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ayollarning soni  775 nafarga etdi.  Ayollar tadbirkorligini rivojlanti-rishga har tomonlama ko‘makla-shish maqsadida tijorat banklari tomonidan 1311 nafar tadbirkor ayolga 10 milliard 259 million so‘m kredit ajratildi. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil mart oyida qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qo-nunga muvofiq, 94 ta oila rasmiy ro‘yxatdan o‘tdi va ular ayni kunlarda ishlab chiqarishda faol ishtirok etmoqdalar.

Viloyatimizdagi mavjud 3319 nafar fermerlar orasida  xotin-qizlar ham borligi  bizni xushnud qiladi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan 13 nafar qizimiz viloyatimizning faxriga aylangan. Ular o‘zlarining  vatanparvarliklari, fidoyiliklari   bilan tengdosh-lariga o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar.

Viloyatimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” dasturi doirasida katta ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oilaviy sport, xotin-qizlar va bolalar sportiga katta ahamiyat berilayapti.

Muhtaram Prezidentimiz hamisha “Ayolni ulug‘lamoq – oilani, Vatanni, hayotni ulug‘lamoq” deydilar. Bundan-da, oshirib bir narsa deyish qiyin.

Mamlakatimizda 2013 yil “Obod turmush yili” deb e’lon qilindi. SHu munosabat bilan katta dastur qabul qildik. Uni  muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning O‘zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish – bizning bosh maqsadimizdir” deb nomlangan ma’ruzalariga tayanib tuzdik. Dasturimiz ma’ruzada  ifoda etilgan barcha yo‘nalish-larni o‘zida mujassam etgan. Ayniqsa, u hayotimizni yanada sog‘lom va obod qilish, avvalo ayol zotining jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini  yanada oshirish, xotin-qizlarning turli jabha va yo‘nalishlarda qilayotgan ishlarini munosib baholash, har qaysi xonadonda uy bekasi bo‘lmish opa – singil-larimizning og‘irini  engil qilish asnosida turmushimizni  farovon etish bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shu haqiqatni amalda qaror toptirish uchun  hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.

Aziz va muhtarama ayollar!

Hurmatli mehmonlar! 

Bugun bu erga, mana shu muhtasham koshonaga  viloyati-mizning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan siz, aziz  onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimizni va sizlar orqali viloyatimiz xotin-qizlarini  bayram bilan chin dildan yana bir karra  tabriklab,  samimiy tilaklarimni bildiraman.

Xonadoningiz qutli, barakali bo‘lsin! Xotirjamlik, baxt va iqbol sizlarga yor bo‘lsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, muhtaram YUrtboshimiz hamisha omon bo‘lsinlar!

 

E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.

 

1 021

Ishonch telefoni

0 371 200 02 06

Reglamenti Statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Yagona telefon

0 367 225 33 51

Reglamenti Statistikasi
Videolavha
 
Sentabr 2018
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Avg    
 12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930


© 2010-2018 Sirdaryo viloyat hokimligi. Sirdaryo viloyat kompyuterlashtirish markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan

Botirov Doniyor Egamberdiyevich

 

1968-yilda Jizzax viloyati, Jizzax shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

 

Ma`lumoti oliy. 1992-yilda Toshkent avtomobil yo`llar institutini;  2002 y. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

 

Mutaxassisligi: muhandis-mexanik,huquqshunos.

 

 

D.Botirov oilali, ikki qizning otasi.

×
Akbarov Asqarali Ortiqovich

1966-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tug`ilgan.
Millati -o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1991-yilda Toshkent temir yo`l transporti muhandislari instituti (kunduzgi).

Mutaxassisligi: mexanika muhandisi.

A.Akbarov oilali, ikki o`gil va bir qizning otasi.

×
Xusanboyev Abdumannon Abdulatipovich

1973-yilda Sirdaryo viloyati,Guliston tumanida tug`ilgan.
Millati -o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1995-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: olim-agronom.

A.Xusanboyev oilali, ikki qiz va ikki o`g`ilning otasi.

×
Baratbaev Abdurasul Saitmurodovich

1971-yilda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida tug`ilgan.

Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1994-yilda Samarqand davlat arxitektura-institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi: muhandis-quruvchi.

A.Baratboyev oilali, ikki o`g`il bir qizning otasi.

×
Xudoyberdiyev Turg`un Yusupovich

1968-yilda Jizzah viloyati, Baxmal tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek

Ma`lumoti oliy. 1984-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

Mutaxasisligi: huquqshunosh.

T.Xudoyberdiyev oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×
Mamanov Baxtiyor Mitanovich

1965-yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tug`ilgan.
Millati – o`zbek.

Ma`lumoti oliy. 1987-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, 2005-yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mutaxassisligi: yer tuzuvchi-muhandis.

B.Mitanovich oilali, ikki qiz ikki o`g`ilning otasi.

×