Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, 2016 yil yanvar-martda ishlab chiqarilgan yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) hajmi 639,0 mlrd. so’mni tashkil etdi va
2015 yilning yanvar-martiga nisbatan o’sish sur’ati 8,3 foizga teng bo’ldi.
2016 yil yanvar-mart oylarida YaHM deflyator indeksi 105,2 foizni tashkil qildi.
Yanvar-mart oylarida viloyat yalpi hududiy mahsulotining iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha tarkibi quyidagicha ifodalanadi:
mlrd.so’m | 2015 yil yanvar-martga nisbatan foiz | ||
---|---|---|---|
2015 yil | 2016 yil | hisobida | |
I. Yalpi hududiy mahsulot, jami | 541.2 | 639 | 108.3 |
shu jumladan: | |||
Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati | 506.5 | 598 | 108.3 |
Mahsulotlarga sof soliqlar | 34.7 | 40.9 | 108.5 |
II. Tarmoqlarning yalpi qo’shilgan qiymati | 506.5 | 598 | 108.3 |
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi | 38.1 | 41.3 | 106.4 |
Sanoat (qurilishni qo’shgan holda) | 210.1 | 254.1 | 108.9 |
Sanoat | 179.8 | 216.9 | 108.7 |
qurilish | 30.3 | 37.2 | 110 |
Xizmatlar | 258.3 | 302.7 | 108.1 |
savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar | 54 | 65.1 | 110.4 |
tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlari | 49.1 | 55.3 | 108 |
boshqa xizmatlari | 155.3 | 182.3 | 107.3 |
Yanvar-martda yalpi hududiy mahsulotning tarmoqlar tarkibi (foizda):
Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsulotining o’sish sur’atiga asosiy ta’siri savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar (110,4%), qurilish (110,0%) va qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi (106,4%) tarmoqlaridagi yalpi qo’shilgan qiymat hissasiga to’g’ri kelmoqda.
YaHM ishlab chiqarish umumiy hajmining 55,3 foizi kichik tadbirkorlik (biznes) hissasiga to’g’ri keldi va bu ko’rsatkich 2015 yil yanvar-martga nisbatan
0,2 foizli bandga oshdi.
2016 yil yanvar-martda yalpi hududiy mahsulot hajmida xizmatlar ulushi
47,4 foiz (2015 yil yanvar-martda 47,8 foiz)ni tashkil qildi.